O'zbekistonlik hakam futzal bo'yicha Osiyo Kubogi saralash bahslarida ishlaydi
11 jan 13:24
Yangiliklar
O'zbekistonlik hakam futzal bo'yicha Osiyo Kubogi saralash bahslarida ishlaydi
Bugun futzal bo'yicha ayollar o'rtasida Osiyo Kubogi saralash bahslariga start beriladi.
Futzal bo'yicha FIFA hakami Nikita Afinogenov futzal bo'yicha ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogi saralash o'yinlariga tayinlov oldi. Afinogenov Tailandda kechadigan "A" guruhidagi bahslarda ish olib boradi. Bugun Afinogenov Bahrayn - Livan bellashuvida hakamlik qiladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 14:30 da start oladi.
Futzal bo'yicha ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogi saralash o'yinlari | Guruh bosqich, 1-tur
Bahrayn - Livan
11.01.2025 | 14:30
Fikrlar