So’nggi yangiliklar

16:35"Гавр"нинг 18 ёшли ҳужумчиси МЮга ўтади  0 16:09ЕЧЛда ҳафта футболчиси аниқланди  0 15:50Элдор Шомуродов – "Рома"да апрель ойининг энг яхши футболчиси!   16 15:22"Ўлганимда ётиб дам олиш учун кўп вақтим бўлади" — Бруну Фернандеш  1 14:58Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ёпиқ форматда йиғин ўтказади  10 14:31"Челси" ушбу мавсум илк бор титул ҳомийси либосини кийди  2 13:59Суперлига. 8-тур дисквалификациялари: "Пахтакор", "Навбаҳор" ва "Қўқон-1912" 1 нафардан йўқотишга эга  2 13:36Гвардиола Ҳусанов ҳақида: "Бошланғич таркибдаги жой ҳеч кимга кафолатланмаган"  13 13:08Гвардиола "Барселона" ҳақида: "Бундай ўйин билан стадионлар ҳеч қачон бўш қолмайди"  14 12:39Улуғбек Бакаев "Бухоро"даги фаолиятини давом эттирадими?  5 12:12"Ямаль Мессидан яхшироқ". "Барселона" собиқ футболчиси ҳайратланарли баёнот билан чиқди  14 11:46МЮ "Вулверхэмптон" голеадори учун 62,5 млн фунт тўлашга тайёр  0 11:19Франция хорижда ўйнаётган энг яхши футболчисини аниқлайди. Номзодлар ичида Мбаппедан ташқари яна кимлар бор?  14 10:50ПСЖ етакчиси «Арсенал»га қарши жавоб учрашувида майдонга тушмаслиги мумкин  16 10:23Кевин Де Брюйнега асосий даъвогар жамоа маълум  2

O'zbekistonlik futbolchilarning o'yini belaruslik jurnalist talqinida Yangiliklar

O'zbekistonlik futbolchilarning o'yini belaruslik jurnalist talqinida

Dam olish kunlari Belarus chempionatining 4-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. O'zbekistonlik futbolchilar ham maydonga tushishdi. Bugun ular qanday o'yin ko'rsatgani borasida gaplashamiz.

SHaxboz Umarov hali ham BATE safida maydonga tusholmayapti. Eslatib o'tamiz, uning muammolari mavsum oldidan buyon davom etmoqda. Borisov klubi bahslaridan birida yarim himoyachi maydonda murabbiy Aleksandr Mixaylovdan biroz "kaltak" edi. Natijada Umarov qizishib ketdi va uchrashuv vaqtida kiyinish xonasiga kirib ketdi. Murabbiy juda tez qaror qabul qildi — dublga o'tkazish. Biroq futbolchi bu talabni bajarmadi va o'rinbosarlar mashg'ulotida ham ko'rinmadi.

O'sha voqeadan beri ikki oy o'tdi. Murabbiy Mixaylov Umarov haqida deyarli gapirmaydi va faqat Borisov klubining asosiy tarkibi bilan ishlayotganini takidlaydi. Lekin u o'shandan beri hatto, dublda ham o'ynamadi. Aytishlaricha, yarim himoyachida kichik shikastlanish bor ekan — Umarov mushaklarida og'riq borligidan shikoyat qilgan. Biroq hozir u o'zini yaxshi his qilmoqda.
BATE Umarovsiz chempionatdagi ketma-ket to'rtinchi quruq g'alabasini nishonladi — safarda "SHaxter" minimal hisobda (1:0) mag'lub etildi. Qolaversa, klub turnir jadvalining 1-pog'onasini egallab turibdi.



***

Turga to'rtta o'zbekistonlik futbolchi to'p tepadigan "Dinamo-Brest" - "Energetik-BGU" uchrashuvi yakun yasadi. 22 yoshli yarim himoyachi Abbosbek Jumaqulov yana o'yin qaydnomasiga kiritilmadi. O'tgan 4 tur davomida u bir bora, 9 aprel kuni "Sluck"ga qarshi bahsda, zaxira o'rindig'idan joy olgan edi. Abbos dublda ham o'ynamayapti. Biroq qolgan uch futbolchi safda. Ular orasida liganing eng yaxshi to'purari (4 ta gol) va eng foydali o'yinchisi (4+2 ochko) Bobir Abdixoliqov. U bahsni Roman Papariganning yonida ikkinchi hujumchi rolida boshladi. Ammo birinchi taymda o'zbekistonlik futbolchi deyarli ko'rinish bermadi: to'p bilan kam muomalada bo'ldi, raqib jarima maydonida faollik ko'rsatmadi. Umuman olganda, aynan Abdixoliqov 45 daqiqadagi (har ikki jamoa ijrosida) yagona aniq zarba muallifiga aylandi — burchakdan uzatilgan to'pni darvoza tomon kuchsiz tarzda yo'lladi. Bobir ikkinchi taymda biroz faollashdi. Ko'proq harakat qildi, o'ziga nisbatan qoida buzishlariga majbur qildi va Vladislav Yasyukevich sariq kartochka ishlab olishiga sababchi bo'ldi. SHuningdek, aynan Bobir 54-daqiqada penaltidan gol urib, hisobni ochdi — to'p chap burchak tomon yo'naltirildi, darvozabon esa o'zini o'ng tomonga otdi. Final hushtagiga 4 daqiqa qolganda futbolchi zaxiraga olindi.

O'n bir metrlik jarima zarbasini esa SHohruh Abdurahmonov ishlab olgandi. O'zbekistonlik futbolchi jarima maydoniga yorib kirdi va raqib uning oyog'iga zarba berdi. Xavbek "Energetik-BGU"ning ikkinchi goliga ham o'z hissasini qo'shdi: 87-daqiqada Ilya Grishchenkoga golli pas berdi. Bundan tashqari, o'tkazib yuborilgan to'pda ham "aybdor" bo'lib qoldi. Maydon markazidagi Abdurahmonovning foli (va keyingi sariq kartochka) tufayli Yaroslav Oreshkevich gol urishga muvaffaq bo'ldi. Lekin umuman olganda, yarim himoyachi yaxshi o'yin o'tkazdi. SHuningdek, bir necha bor ajoyib tarzda to'pni olib qo'yishi va kurashlari bilan boshqalardan ajralib turdi. SHohruh maydon markazida ishonchli o'yin ko'rsatdi va hattoki, bahs oxirida ham tetik ko'rinardi hamda katta ko'lamdagi ishni bajarardi.

Abduqodir Husanov butun o'yinni uchta markaziy himoyachidan biri sifatida o'tkazdi. 18 yoshli himoyachi juda ishonchli o'ynadi. Dastlabki 45 daqiqa ichida hisobiga 4 marta to'pni olib qo'yish va bitta muvaffaqiyatli kurashni yozdirib qo'ydi. Abduqodir ikkinchi bo'limda u qadar yorqin o'yin namoyish etmagan bo'lsa-da, jiddiy xatolarga yo'l qo'ymadi. O'tkazib yuborilgan golda "ishtirok etmadi". 90-daqiqa, "Dinamo" bor kuch bilan hujumga o'tganida, raqib forvardning oyog'i ostidagi to'pni tepib yuborib, xavfni bartaraf etdi.

"Energetik-BGU" o'zbekistonlik futbolchilarning ajoyib o'yinlari sababli 4 turdan keyin turnir jadvalining ikkinchi pog'onasiga chiqib oldi va BATEning yagona taqibchisi bo'lib turibdi. Ayni damda Borisov klubi 12 ochko, Minsk jamoasi esa 10 ochkoga ega. Poytaxt klubi 4 turdan buyon mag'lubiyatsiz odimlamoqda, jamoa avval bunday natijaga erishmagandi.




Championat.asia saytining Belarus mamlakatidagi muxbiri Andrey Maslovskiy tayyorladi

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика