O'zbekistonlik futbolchi "Nefteximik"ka o'tdi
29 iyu 2019 17:40
Yangiliklar


O'zbekistonlik futbolchi "Nefteximik"ka o'tdi
"Tambov" yarim himoyachisi Vagiz Galiulin mavsumni ijara asosida "Nefteximik"da o'tkazadigan bo'ldi.
Bu haqda "Tambov" sport direktori Pavel Xudyakov "Match TV"ga malum qildi.
"Nefteximik" Rossiyada mavqei jihatidan ikkinchi o'rinda turadigan MFL (FNL) chempionatida 5ta turdan so'ng 8-o'rinda bormoqda.
31 yoshli futbolchi "Andijon" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
U "Tambov"ga qadar "Andijon", AOZSK, "Buxoro", "Rubin", "Sibir", "Neftximik", "Ufa" va "Tosno" klublarida o'ynagan.
Yarim himoyachi 2008-2012 yillar mobaynida O'zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar