O'zbekistonlik futbolchi Gruziya klubiga o'tdi
09 apr 2017 11:41
Yangiliklar
O'zbekistonlik futbolchi Gruziya klubiga o'tdi
O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi sobiq vakili Aleksandr Kleckov "SHukura" klubi bilan shartnoma tuzdi. Kobuleti shahri klubi dastlabki 6ta turdan so'ng 2 ochko bilan 10 jamoa orasida eng so'nggi pog'onani egallab turibdi.
Klub 1968da tashkil etilgan. O'z uy o'yinlarini 6000 tomoshabinga mo'ljallangan "CHele Arena" stadionida o'tkazadi. Bosh murabbiy - Gia Guruli. "SHukura" safida Kleckovdan tashqari rossiyalik Azamat Jioev, Irakli CHeziya va braziliyalik Jefino kabi legionerlar to'p tepishadi.
Kecha "SHukura" o'z uyida chempionat peshqadami Tblisining "Lokomotiv" klubini qabul qilib 0:5 hisobida yutqazdi. Ushbu bahsda Kleckov Gruziya chempionatidagi debyutini nishonladi.
Kleckov yangi jamoasi safida 27-raqamda o'ynamoqda.
Fikrlar