So’nggi yangiliklar

00:55Дэвис ёздаёқ "Реал"га ўтиши мумкин  0 00:29Пол Скоулз тен Хагдан хавотир олаётганини айтди  0 23:56"Вильярреал" рекордчиси жамоадан кетди  0 23:35"Ювентус" "Аталанта" футболчисини А Сериянинг энг қиммат ярим ҳимоячисига айлантириши мумкин  0 23:16Алексей Естафеев: "ЎзПФЛ шу стадионни қабул қилганми, демак шу ерда ўйнаймиз"  5 22:59Неъматилло Қуттибоев: "Қийин ўйин бўлишини билардик"  0 22:33Скоулз: "Манчестер Юнайтед" доим марказда эшикларни очиб қўяди"  2 22:07Анвар Бердиев: "Бухоро" стандарт вазиятлардан фойдаланиб кетди"  2 21:58Париж-2024. 3-ўрин учун баҳсда Марокаш Миср дарвозасига 6та гол урди  9 21:23Улуғбек Бакаев: "Натижадан қониқдим, ўйиндан эса йўқ"  9 21:14Ришарлисон нима сабабдан Саудияга кетмаганини айтди  2 20:51Пепе фаолиятини якунлади  5 20:33Про лига. "Бухоро" ва "Арал" бир хил ҳисобда ғалабага эришди  1 20:16Ўзимизнинг карикатура. Йил ўйинида "навбаҳор" зафар қучди  19 20:00Анчелотти "Олтин тўп" учун кураш ҳақида гапирди  9

O'zbekistondan Osiyo Kubogida "realno" qanday natija kutsak bo'ladi? Yangiliklar

O'zbekistondan Osiyo Kubogida "realno" qanday natija kutsak bo'ladi?

Ektor Kuper O'zbekistonga kelganiga ko'p bo'lmadi.

U qanchalik bizning terma jamoamizni o'rganib oldi bilmadim, lekin biz uni yaxshi bilib oldik. Uni avval ham bilar edik. Futbol ichida yurgan kishilar uchun u o'tayotgan mashg'ulotlar katta yangilik bo'lmadi, el qatori. To'g'ri, ayrim jihatlar bo'yicha mahalliy mutaxassislardan ustunligini ko'rishimiz mumkin. Ayniqsa futbolchilar bilan gaplashish, o'z guruhidagi boshqa mutaxassislarga ham hurmatga bilan qarash kerakligini o'rgatishi yaxshi bo'layapti. Sifat talab qilayapti. Mahalliy murabbiylar bori bilan ko'nikib yashab o'tdilar. Xorijlikning yaxshi tomoni shunda aslida. Lekin mashg'ulotlar borasida unday deb aytmagan bo'lar edim. Bu borada legionerlarimiz yanayam yaxshi baho berishlari mumkin.

Kuperning o'yin uslubi himoyadan qurilishi haqida bilar edik va buni terma jamoamiz misolida ko'rdik. Buni yaxshi tomonlarini Osiyo Kubogida ko'ramiz deb o'ylayman, hozirgacha bo'lgan o'yinlarda bu uslub bizga mos emasligini ko'rsatdi. KXDR bilan o'yinni inobatga olmaymiz, bu men ko'rgan eng kuchsiz SHimoliy Koreya terma jamoasi.

Bahor-kuz tizimidan kelib chiqsak, Osiyo Kubogiga futbolchilarimiz optimal formasida bora olmaydi, yaniy arablarga solishtirganda. Yaponiya, Avstraliya va Janubiy Koreyaning asosiy tarkib futbolchilari Evropada to'p tepishadi. Ular esa aynan formasini yuqori cho'qqisiga erishgan payti bo'ladi. SHuning uchun bu erda muvaffaqiyatga erishimizga sababchi bo'lishi mumkin bo'lgan yagona kishi bu Kuper. Aksincha, muvaffaqiyatsizlikka uchrasak ham sababchi Kuper bo'ladi. Ikkisiga ham Kuper sabab bo'lishi mumkin.


So'nggi ikkita Osiyo Kubogi aynan biz uchun noqulay vaqtga to'g'ri kelayapti. Keyingisi qaerda bo'lishi hozircha nomalum. Bu vaziyatdan Abramov va Qosimov qanday chiqqanini bilamiz. Ikkisi ham dekabr oyidagi mashg'ulotlarda katta mehnat qilgan. Bir nechta o'rtoqlik o'yinlari o'tkazilgan va Osiyo Kubogi oldidan tayyor holatga kela olgan. Omon bilan rasmiy o'yinga qadar terma jamoamiz o'yin amaliyotisiz qolayapti. Osiyo Kubogidagi aksar terma jamoalar o'rtoqlik o'yinlarini maqul ko'rayotgan bo'lsalar, biz kabi Yaponiya ham o'yin amaliyotisiz borishni maqul ko'rgan. Lekin Yaponiya tarkibida Evropada to'p tepayotgan o'yinchilar borligini unutmasligimiz kerak.



Kuper so'nggi matbuot anjumanida MTJ futbolchilariga uning uslubi to'g'ri kelmayotgan bo'lsa, u MTJ futbolchilarining uslubiga moslashishi mumkinligini takidlab o'tdi. Buning uchun esa kamida bitta o'yin kerak bo'lardi. Turkiyada Afg'oniston terma jamoasi bilan o'ynashimiz haqida Turkmaniston FFning rasmiy sayti yozib o'tdi. O'FA esa buni bo'lmagan gapga chiqardi. O'yin bo'lmasligi mumkin, O'FAning jahlini chiqargan narsa bu emas edi aslida. Fikrlar ichida, Afg'oniston bilan tenglashganimiz yoqmagan bo'lishi mumkin. Urugvay, Senegal va Marokash terma jamoalari JCH oldidan o'zidan ancha kuchsiz bo'lgan raqib bilan o'ynadi-ku? Huddi shunday, muhim musobaqada kuchsiz raqib bilan o'ynashni hech qanday uyatli joyi yo'q. Aksincha, futbolchilar o'zlarini erkin his qiladilar, murabbiy esa istagancha taktikani qo'llab olishi mumkin. Qish faslida "Lokomotiv", "Bunyodkor", "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalarini Rossiyaning top klublari bilan o'rtoqlik o'yinlarida jonini berib o'ynaydi, aslida esa bu raqiblar o'zlariga kuchsiz raqib tanlab muammolarini hal qiladilar.

Bu paytda Turkiyada raqib topib bo'lmasligini hammamiz bilar edik. SHuning uchun mashg'ulot o'tkazish uchun ikkita yaxshi davlat bor edi. Bu, Qatar va BAA. Qatarda mashg'ulot o'tkazishning asosiy foydali jihatlari u erga bugunda juda ko'plab terma jamoalar yig'ilganligi. Murabbiy hech bo'lmasa zaxira o'rindig'ida o'tirgan futbolchilarini sinab olishi mumkin bo'lardi. Bu o'yinlarni hech qanday FIFA reytingiga aloqasi yo'q. 9:0 yutsak ham, yutqizsak ham. BAA esa Osiyo Kubogi mezboni. Qolaversa, BAAda bo'lib o'tgan klublar o'rtasidagi JCHni jonli tomosha qilish orqali futbolchilarning ruhiyatiga jiddiy tasir o'tkazish mumkin bo'lardi. Masalan, Abramov Osiyo Kubogi oldidan o'tkazilgan mashg'ulotlarinig birida futbolchilarni oilasi bilan ishtirok etishiga izn bergan. Aynan shu uslubni Daniya terma jamoasi bosh murabbiyi Rixard Myoller-Nilsen ham qo'llagan edi. Ob-havo bo'yicha ham Qatar va BAA mamlakatlari terma jamoamiz uchun yig'in o'tkazish uchun ayni joyi edi. Kim biladi, balki argentinalik mutaxassis panaroq joyni istagan va ko'pchilik uchun syurpriz tayyorlayapti.

Osiyo Kubogi-2015 oldidan O'zbekiston milliy terma jamoasi Dubayda 4ta o'yin o'tkazgan.
O'zbekiston - Falastin 1:0
O'zbekiston - Iordaniya 2:1
O'zbekiston - Iroq 1:0
O'zbekiston - Iroq 0:0

Osiyo Kubogi-2011 oldidan O'zbekiston milliy terma jamoasi Dubayda 1ta o'yin o'tkazgan.
O'zbekiston - Bahrayn 1:1
P.S: Tunis va BAAda O'zbekiston asosan klublar bilan o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazgan, shuning uchun statistikadan o'rin olmagan.




Kuperni boshi Qosimov va Abramovchalik qotmasligi aniq. U paytlar 23talik tarkibga kirish uchun raqobat kuchli edi. Hozir esa bir zumda o'tirib tarkibni aniqlab olsa bo'ladi. Balki, Kuper allaqachon o'zi uchun 23 nafar futbolchi kim bo'lishini bloknotiga yozib qo'ygan. Abramov yig'inida ishtirok etmaganman, lekin Qosimovning ikki yig'inida ham ishtrok etgan kishi sifatida aytishim mumkin-ki, Qosimov Dubaydan Toshkentga qaytishiga bir kun qolganida qiyinchilik bilan tarkibga yakuniy nuqta qo'ygan.


Osiyo Kubogi kabi musobaqalarda guruhdagi birinchi o'yin juda katta ahamiyat kasb etadi. Kuper muvaffaqiyat qozonishimiz uchun Omondan 3 ochko bilan o'tishi kerak bo'ladi. Yaponiya terma jamoasi bu musobaqaga top futbolchilarining barining xizmatidan foydalanmasligi malum bo'ldi. Turkmanistonga imkoniyatni boy beradigan saviyaga hali tushganimiz yo'q. Guruh g'olibi bo'lishimiz ham mumkin, minimum ikkinchi o'rin naqt bo'lishi kerak. Har holda "Championat.asia"ning 10 nafar xodimi uchta o'yin uchun Osiyo Kubogiga bormayotganligi aniq. Osiyo Kubogini championat.asia bilan o'tkazishingiz uchun ijodiy guruh bor kuchini ishga soladi. 2011 yilgi Osiyo Kubogi mening faoliyatimda jiddiy burilish yasagan. Tezkor ishlashni aynan o'sha erda o'rganganman, umid qilaman, ilk Osiyo Kubogini o'tkazadigan aksar xodimlarimiz uchun bu katta maktab bo'ladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi esa musobaqada "realno" qarasak chorak finalgacha bora oladi. Uyog'iga duo qilamiz azizlar!


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика