O'zbekistonda o'tadigan Osiyo chempionatiga qachon qura tashlanishi malum
02 iyu 2020 14:24
Yangiliklar
O'zbekistonda o'tadigan Osiyo chempionatiga qachon qura tashlanishi malum
Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati uchun qura tashlash marosimi qachon bo'lib o'tishi haqida malumot berdi.
"18 iyun kuni OFK shtab-kvartirasida yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga qura tashlash marosimi o'tkaziladi.
Kuala-Lumpurda mahalliy vaqt bilan soat 14:30da o'smirlar chempionatiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Ikki soatdan so'ng esa yoshlar chempionatiga qura tashlanadi.
Eslatib o'tamiz, o'smirlar chempionati sentyabr oyida Bahraynda, yoshlar o'rtasidagi chempionati esa oktyabr oyida O'zbekistonda bo'lib o'tishi belgilangan.
Ikkala turnirning ham bo'lib o'tashi sanasi o'zgartirilganicha yo'q, ammo muhokamalar boshlab yuborilgan", - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z sahifasida.
Fikrlar