Fozil Musaev Yaponiyadagi koronavirus va karantin haqida nimalar dedi?

Narzulla Saydullayev
15 apr 2020, 11:38
O'zbekistonlik tajribali futbolchi, “Nasaf” tarkibida OFK kubogini yutgan, yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati finalchisi Fozil Musaev hozirda “Jubilo Ivata” klubida harakat qilmoqda.

Yarim himoyachi ayni vaqtda Yaponiyadagi vaziyat haqida fikr bildirdi.

“Bu yerdagi vaziyat ham jiddiy. Chempionat o'yinlar qachon boshlanishi haqida aniq ma'lumot berishmadi. Menimcha, uchrashuvlarga iyun oyidan vohli start berilmasa kerak. Agarda, vaziyat ijobiy tomonga o'zgaradigan bo'lsa ichki chempionat yuqori va quyi liga bahslari iyundan boshlanishi ehtimoli mavjud. Jamoamiz bilan har kuni mashg'ulotlarni davom ettirmoqdamiz. Sport formamizni ushlab turishga harakat qilyapmiz. Asosan jismoniy jihatdan trenajorda va to'p bilan mashqlarni bajaryapmiz. 

O'tgan yili J1 ligadan J2 ligaga tushib ketdik. Maqsadimiz elitaga qaytish va kuchli jamoalar bilan avvalgidek kurashni davom ettirish. O'ylaymanki, biz bu ishni uddasidan chiqa olamiz. Jamoada futbolchilarning kuchi va salohiyati etadi. 

Hozirda asosiysi koronavirusni oldini olish. Ayrim klublar hatto mashg'ulot o'tamayapti. Chunki, ular istiqomat qiladigan shaharda holat biznikiga qaraganda ozgina og'irroq. Jamoadan ketish haqida o'ylamadim. Boisi shartnomam bor edi. Yurtimizdagi futbol ishqibozlariga mustahkam sog'lik va salomatlik tilab qolaman”, - deydi Musaev.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia