O'zbekistonda futbol uchrashuvida ilk bor darvoza ortidagi hakamlar ishladi
13 apr 2017 18:14
Yangiliklar
O'zbekistonda futbol uchrashuvida ilk bor darvoza ortidagi hakamlar ishladi
O'zbekiston chempionati birinchi ligasi 3-turida "NBU-Osiyo" o'z maydonida "Zomin"ga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
Mazkur bellashuvda ilk bora darvoza ortidagi hakamlar sinovdan o'tkazildi. Uchrashuv bosh hakami vazifasi FIFA referisi Ravshan Ermatovga topshirildi.
Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berdi. Darvoza ortida SHerzod Qosimov va Ilgiz Tantashev ishladi.
Fikrlar