So’nggi yangiliklar

13:09Қирғизистон Ўзбекистон билан ўйин олдидан 2 та йўқотишга эга  3 12:41IShowSpeed Қозоғистонга келади  0 12:14"Барселона" келаси ёз учун иккита топ-трансферни режалаштирган  1 11:33Месси Жаҳон чемпионатида қатнашадими?   6 10:47Юлиан Нагельсман кечаги мағлубиятдан сўнг шогирдларини кескин танқид қилди  3 10:15МЮ Онанани ижарага бериши мумкин  3 09:40Бразилиялик бизнесмен бутун бойлигини Неймарга қолдирди  18 09:20Италия терма жамоасининг собиқ устози "Фенербахче"ни бошқаришга асосий номзод  3 09:00Месси ўйиндан олдин кўз ёшларини тўхтата олмади. Баҳс якунидан сўнг мухлислар билан хайрлашди  10 08:35ЖЧ-2026. Яна учта терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  9 08:06CAFA Nations Cup. Бугун Қирғиз Республикасига қарши майдонга тушамиз  12 07:39ЖЧ-2026 саралаш. Аргентина, Бразилия ва Уругвай йирик ҳисобда ғалаба қозонди  6 01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  9 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  12 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  1

O'zbekistonda birinchi ayollar futbol maktabi ochildi Yangiliklar

O'zbekistonda birinchi ayollar futbol maktabi ochildi

Bugun Qarshidagi "Geolog" sport majmuasida "Sevinch" ayollar futbol maktabi ochilish marosimi hamda "FIFA womenʼs football campaign" festivali bo'lib o'tdi.

Futbol maktabi ochilish marosimida O'zbekiston futbol associaciyasining birinchi vice-prezidenti Ravshan Sayfitdinovich Ermatov, O'zbekiston futbolchilari uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoev tadbir mehmoni sifatida ishtirok etishdi. 

Ochilish marosimida dastlab Ravshan Ermatov so'zga chiqib, davlatimiz rahbari tomonidan futbolga katta etibor qaratilayotgani va buni natijasi o'laroq viloyatimizda katta hajmda ishlar amalga oshirilganini etirof etdi va buning uchun Qashqadaryo viloyati rahbariyati xususan "SHo'rtan gaz-kimyo majmuasi" rahbariyatiga o'z minnatdorchiligini bildirib o'tdi. 

O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoev ham Qashqadaryoda futbol uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan boshqa viloyatlarga ham o'rnak bo'layotganini takidlab o'tdi.

Tadbirda "Nasaf" va "Sevinch" jamoalari prezidenti SHuhrat Aslanov ham so'zga chiqib, "Sevinch" jamoasi o'zbek futbolida o'z o'rniga ega jamoa ekanligini, bu jamoa o'zbek ayollar futboli uchun muhim o'rin egallaganini, bu olib borilayotgan ishlar o'zbek futboli kelajagi uchun amalga oshirilayotganini takidlab o'tdi. 

Futbol maktabi ochilishida "Nasaf" jamoasi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va Marko Stanoevich ham bo'lg'usi futbolchilarga omad tilashdi.

"Sevinch" ayollar futbol maktabi 50 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, bu dargohda yurtimizning turli chekkalaridan istedodlarni jalb qilinadi. Mahalliy futbolchilar esa mashg'ulotlarga uylaridan qatnashadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика