So’nggi yangiliklar

00:29"Реал" Хаби Алонсо тайинловини қачон эълон қилади?  0 23:49Месси фаолиятидаги энг севимли голини айтди  2 23:14Бэйл: "Тоттенхэм" қарғишдан қутулди"  2 22:44Расман: "Барселона" Рафинья билан шартномани узайтирди  1 22:11Родриго "Реал"дан кетишни истамаяпти  1 21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  7 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  4 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  19 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  6 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  16 18:19"Милан"нинг янги мавсум либоси намойиш этилди  1 17:50Осимхен "Ювентус"ни рад этди. АПЛнинг 2 та клуби уни трансфер қилмоқчи  1

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Saudiya Arabistoniga birinchi o'yinda mag'lub bo'ldi Yangiliklar

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Saudiya Arabistoniga birinchi o'yinda mag'lub bo'ldi

Ayni vaqtda Saudiya Arabistonining Al-Xorba shahrida yig'in o'tkazayotgan Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Saudiya Arabistoni U19 jamoasi bilan dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

28 aprel kuni bo'lib o'tgan uchrashuvda Saudiya Arabistoni yoshlar terma jamoasi 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

O'yinning to'rtinchi daqiqasidayoq 11 metrli jarima to'pini amalga oshirish imnkoniyatiga ega bo'lgan saudiyaliklar hisobni ochdi. Oradan 20 daqiqa o'tib, hisobdagi farq ikkitaga etdi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi hisobni ikkinchi bo'limning 59-daqiqasida SHarof Muhitdinov kiritgan gol evaziga qisqartirishga erishdi.

Uchrashuvning 72-daqiqasida Saudiya Arabistoni yoshlari yana bir por penalti tepish imkoniga ega bo'ldi va uni aniq amalga oshirdi. Bobir Abduxoliqov esa 79-daqiqada uchrashuvdagi so'nggi golni kiritdi – 3:2.

Jamoalar o'rtasidagi ikkinchi o'rtoqlik o'yini 30 aprel kuni bo'lib o'tadi.

O'rtoqlik uchrashuvi
28.04.2016, Al-Xorba
Saudiya Arabistoni U19 – O'zbekiston U19 - 3:2
O'zbekiston gollari:
SHarof Muhitddinov (59), Bobir Abduxoliqov (79)
O'zbekiston U-19: Umid Hamroev, Husniddin G'ofurov, Islom Qobilov, Xojiakbar Alijonov, Aziz G'aniev, Ilhom Alijonov, Nurillo To'xtasinov, SHarof Muhitdinov, Suxrob Nurilloev, Sanjar Qodirqulov, Bobir Abduxoliqov
Zaxira: Umid Ergashev, Jasur Yaxshiboev, Behzod G'anijonov, Islom Kenjaboev, Abduqodir Ortiqov, Tursun Rahimberdiev, Bilol Toshmirzaev, Mirjahon Mirhamdamov, Oybek Rustamov, Usmonali Usmonaliev.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика