O'zbekiston – Yaman uchrashuvidan oldingi matbuot anjumani “Paxtakor” stadionida o'tkaziladi
01 sen 2015 14:51
Yangiliklar


O'zbekiston – Yaman uchrashuvidan oldingi matbuot anjumani “Paxtakor” stadionida o'tkaziladi
Dastlab, 11:00da boshlanadigan matbuot anjumanida O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan OAV savollariga javob beradi. Soat 11:30da esa Yaman terma jamoasi vakillari ishtirokida matbuot anjumanining ikkinchi qismi boshlanadi.
"Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadigan matbuot anjumaniga barcha turdagi OAV xodimlari taklif etiladi.
O'zbekiston hamda Yaman terma jamoalarining o'yindan oldingi rasmiy mashg'ulotlari ham "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi. Unga ko'ra, soat 18:30da dastlab O'zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi mashg'ulot boshlanadi. Soat 19:30da esa Yaman terma jamoasi azolari "Paxtakor" stadionida mashg'ulotlarini boshlaydi. Har ikkala terma jamoa ishtirokidagi mashg'ulotlarning dastlabki 15 daqiqasi OAV uchun ochiq holda o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar