Abramovning qaytishi omadli chiqdi: O'zbekiston - Yaman 5:0
10 okt 2019 18:50
Yangiliklar


Abramovning qaytishi omadli chiqdi: O'zbekiston - Yaman 5:0
Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.
O'ZBEKISTON – YAMAN - 5:0
10 oktyabr | "Paxtakor" stadioni | 28571 tomoshabin.
Bosh hakam: Hanna Hattab (Suriya)
Yordamchi hakamlar: Muhammad Kazzaz (Suriya), Ayman Fayzal Hamze Obeidat (Iordaniya).
Zaxira hakami: Ahmad Alali (Quvayt)
Nazoratchi: Jassim Muhammad Al Hail (Qatar)
Komissar: Mei CHiat Si (Malayziya).
Gollar: Sanjar Qodirqulov 2, - 1:0 (Dostonbek Hamdamov). Eldor SHomurodov 33, - 2:0 (Farrux Sayfiev). Jamshid Iskanderov 53, - 3:0 (Sanjar Qodirqulov). Islom To'xtaxo'jaev 72, - 4:0 (Jaloliddin Masharipov). Igor Sergeev 90, - 5:0 (Dostonbek Hamdamov).
O'zbekiston: 1.Eldor Suyunov, 4.Farruh Sayfiev (8.Ikrom Aliboev, 75), 5.Rustam Ashurmatov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 3.Xojiakbar Alijonov, 13.Sanjar Qodirqulov, 22.Jamshid Iskanderov (9.Odil Ahmedov, 57), 10.Jaloliddin Masharipov, 7.Otabek SHukurov, 17.Dostonbek Hamdamov, 14.Eldor SHomurodov (21.Igor Sergeev, 79).
Zaxira: 12.Sanjar Quvvatov, 16.Abdumavlon Abdujalilov, 2.SHarof Muhitdinov, 6.Azizjon G'aniev, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 15.Egor Krimec, 18.Sardor Mirzaev, 19.Akbar Ismatullaev, 23.Xurshid G'iyosov.
Yaman: 22.Salim Avad, 2.Al Hamri, 4.Al Radaei (15.Muhammad Salim, 85), 5.Alaeddin Mahdi, 7.Ahmad Al Sarori, 9.Omar Al Dahi, 11.Abdulvasea Al Matari, 12.Ahmad Maher (10.Al Vorafi, 48), 16.Nosir Al Gaxvashi, 17.Mufed Jamol, 20.Emad Mansur (3.Fuad Omar, 71).
Zaxira: 1.Muhammad Ayash, 23.Salim Jamol Al Xarsh, 6.Abdulaziz Muhammad, 8.Ahmad Abdulrab, 13.Muhammad Mahyub, 14.Munaf Sayid, 18.Ali Xafiz, 19.Muhammad Ali Boqshan, 21.Muhammad Ba Rovis.
Ogohlantirishlar: Al Vorafi 56, Otabek SHukurov 76.
Uzbekistan Sanjar Kodirkulov - 2', Eldor Shomurodov - 33', Jamshid Iskandarov - 53', Islom Tuhtahujaev - 72', Igor Sergeev - 90' |
World Cup Qualification AFC 2nd Round Grp. D . 3-tur 10/10/2019, 18:00 0
:
5
Tugadi
|
Yemen |
Stadion: 28571 tomoshabin
MATNLI TRANSLYACIYA
90+3. G'ALABA! 5:0. O'zbekiston terma jamoasi Yamanni yirik hisobda mag'lub etdi
90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi
90. Markazdan to'pni o'ng qanotga oshirildi, Hamdamov to'pni darvoza qarshisida turgan Sergeevga tashlab berdi, Igor bo'sh darvozani ishg'ol qildi - 5:0.
90. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! IGOOOOOOOOOOOR SERGEEEEEEEEEEEEEEV 5:0
87. CHap qanotdan Masharipov uzatgan to'pni Sergeev to'xtatmasdan darvozaga yo'llashga urindi, zarba o'xshamadi
85. O'zgarish. Yaman. Al Radaei o'rniga Muhammad Salim
79. O'zgarish. O'zbekiston. Eldor SHomurodov o'rniga Igor Sergeev tushdi
76. Ogohlantirish. O'zbekiston. Otabek SHukurov
72. Masharipov burchakdan uzatgan to'pini Islom To'xtaxo'jaev boshi bilan darvozani ishg'ol qildi - 4:0.
72. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ISLOOOOOOOOOOOOOM TO'XTAXO'JAEV 4:0.
70. O'zgarish. Yaman. Emad Mansur o'rniga Fuad Omar tushdi
66. Ammo to'p bosh hakamga tekkani uchun hakam golni inobatga olmadi va hisob 3:0 bo'lib qoldi
66. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ODIIIIIIIIIIIIIIIIIIIIIIIL AHMEDOOOOOOOOOOOOOOOOOOV! 4:0
65. Bugungi o'yinni "Paxtakor" stadionidan 28571 tomoshabin kuzatib bormoqda
57. O'zgarish. O'zbekiston. Jamshid Iskanderov o'rniga Odil Ahmedov
56. Ogohlantirish. Yaman. Al Vorafi
55. UXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXX! SHomurodov hozir chap qanotdan katta tezlikda oldinga o'tdi va Hamdamovga to'p uzatdi, Dostonning zarbasini posbon qaytardi!
53. Qodirqulovning to'p uzatishidan keyin Iskanderov jarima maydoni tashqarisidan ajoyib gol urdi - 3:0.
53. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! JAMSHIIIIIIIID ISKANDEROOOOOOOOOOOOV! 3:0
50. O'yinni saytimizning yutubdagi rasmiy kanali orqali tomosha qilish mumkin: VIDEONI KO'RISH
46. Ikkinchi taym boshlandi! OLG'A YIGITLAR!
45+1. Birinchi taym tugadi, hozircha 2:0 hisobda oldindamiz. 15 daqiqa tanaffus
44. Birinchi taym yakunlanib bormoqda. Yana gollar urish kerak
33. CHap qanotdan Farrux Sayfiev havolatib oshirdi, Eldor SHomurodov boshi bilan Yaman darvozasini nishonga oldi - 2:0.
33. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ELDOOOOOOOOOOOOOOR SHOMURODOOOOOOOOOOOOOOOOOOV! 2:0
31. ZARBAAAAAAAAAAAAA! Dostonbek Hamdamov jarima maydoni yonidan kuchli zarba berdi, biroz noaniq!
26. Xavfli vaziyat! Hamdamov jarima to'pini amalga oshirdi, To'xtaxo'jaevning boshi bilan yo'llagan zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi
20. O'yinni saytimizning yutubdagi rasmiy kanali orqali tomosha qilish mumkin: VIDEONI KO'RISH
16. O'yin ancha sokinlashdi, jamoalar hujumga o'tishmayapti
10. ZARBAAAAAAA! CHap qanotdan uzatilgan to'pni Hamdamov darvozaga yo'lladi, darvozabon o'z o'rnida
6. ZARBA! Burchak to'pidan so'ng Qodirqulov bu safar jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, noaniq!
2. Tezkor gol ura oldik, o'ng qanotdan Iskanderov Hamdamovga chiroyli pas uzatdi, Dostonbekning oshirgan to'pini Sanjar Qodirqulov to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi - 1:0.
2.GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SANJAAAAAAAAAAAAR QODIRQULOV 1:0
17:00. O'YIN BOSHLANDI! OLG'A O'ZBEKISTON!
16:57. Navbat O'zbekiston davlat madhiyasiga, barchamiz birgalikda!
16:55. Yaman davlat madhiyasi
16:53. Diqqat qiling O'zbekiston va Yaman terma jamoalari maydonga tushib kelishmoqda
16:46. Uchrashuv boshlanishiga 15 daqiqa qoldi, "Paxtakor" stadioniga taxminan 12 mingdan ziyod tomoshabin keldi
16:30. Abramov "Nasaf" futbolchisini qaydnomaga kiritmadi
16:28. Ikkala jamoa azolari maydonga tushib kelishdi va chigalyozdi mashg'ulotlarini bajarishmoqda.
16:10. "Paxtakor" stadionida hozircha muxlislar u qadar ko'p emas. Afsuski bugun stadion to'lmaydi shekilli.
16:05. Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! Bugun O'zbekiston terma jamoasi o'z maydonida Yamanni qabul qiladi. O'yin soat 17:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar