O'zbekiston vakillari Plyaj sport turlari bo'yicha Osiyo O'yinlarida ishlaydilar
11 noy 2014 19:32
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/151211_original.jpg)
![](/upload/storage/151211_220.jpg)
O'zbekiston vakillari Plyaj sport turlari bo'yicha Osiyo O'yinlarida ishlaydilar
O'zbekistonlik FIFA referisi Baxtiyor Namozov 15 noyabr kuni Tailandning Pxuket shahrida start oladigan plyaj sport turlari bo'yicha Osiyo O'yinlariga taklif etildi.
Plyaj futboli bo'yicha o'zbekistonlik yagona FIFA referisi hisoblangan Baxtiyor Namozov Osiyo O'yinlarining plyaj futboli bahslarida hakamlik qiladi. Eslatib o'tamiz, Namozov 4-8 noyabr kunlari Dubay shahrida o'tkazilgan plyaj futboli bo'yicha Qitalararo Kubok bahslarida hakamlik qilgan edi.
Takidlash joiz, Baxtiyor Namozovdan tashqari Pxuketda bo'lib o'tadigan Osiyo O'yinlariga O'FF matbuot xizmati boshlig'i Sanjar Rizaev ham taklif etilgan. Sanjar Rizaev Osiyo O'yinlari bahslarida komissar sifatida ishlaydi.

![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar