O'zbekiston va Qozog'iston JCH-2034ni qabul qilmoqchi! Stadionlar bilan nima qilish kerak?
21 iyu 2023 22:21
Yangiliklar
O'zbekiston va Qozog'iston JCH-2034ni qabul qilmoqchi! Stadionlar bilan nima qilish kerak?
Bugungi kunning eng asosiy yangiligi – O'zbekiston va Qozog'istonning JCH-2034ni o'tkazish uchun qo'shma ariza berishi mumkinligi bo'ldi. Miyaga keladigan birinchi savol: musobaqa o'yinlari qaerda o'tkaziladi? Championat.Asia muxbiri Nikolay Egorichev oldingi jahon chempionatlari tajribasini o'rgandi.
→ BUM! Qozog'iston O'zbekiston bilan birga JCH-2034ni qabul qilmoqchi
Deyarli har bir o'tkazilgan jahon chempionati mamlakatdagi futbol rivojlanishi uchun turtki bo'ladi. Eng yorqin misollar: AQSH (JCH-1994), Yaponiya va Koreya (JCH-2002), Qatar (JCH-2022).
Rossiyada (JCH-2018) Germaniya (JCH-2006), Braziliya (JCH-2014) va Franciya (JCH-1998)ni hisobga olmasa ham futbol yaqingacha yuqori darajada edi. Umumiy hisobdan jahon chempionatidan so'ng unchalik o'sishga erishmagan JAR (JCH-2010)ni ajratib ko'rsatish mumkin.
Ammo, stadionlarga o'tsak. Jahon chempionatlari o'yinlari qaysi stadionlarda o'tkazilganligi va ularning qachon qurilganini ko'ramiz.
JCH-2002
Janubiy Koreya:
Tegu (sig'imi – 68,014, qurilish yili - 2001)
Seul (63,961 / 2001)
Asiad stadioni (55,982 / 2001)
Inchxon (52,179 / 2001)
Ulsan Munsu (43,550 / 2001)
Suvon (43,188 / 2001)
Kvanju (42,880 / 2001)
CHonju (42,391 / 2001)
CHeju (42,256 / 2001)
Tejon (40,407 / 2001)
Yaponiya:
Xalqaro stadion (72,327 / 1998)
Saytama 2002 (63,000 / 2001)
Ekopa (50,600 / 2001)
Nagai (50,000 / 1964, 1996 yilda rekonstrukciya)
Miyagi (49,000 / 2000)
Oita (43,000 / 20001)
Niigata (42,300 / 2001)
Kasima (42,000 / 1993)
Kobe Uing (42,000 / 2001)
Sapporo Doum (42,000 / 2001)
SHunday qilib, JCH-2002dagi stadionlar soni 20ta edi, ulardan 17tasi bevosita turnir uchun qurilgan. Endi esa Rossiyadagi JCH-2018 va yaqinda o'tkazilgan Qatardagi JCH-2022da nimalar bo'lganini ko'ramiz.
JCH-2018
Lujniki (78 011 / 1956 yilda qurilgan, 1997, 2004 va 2017 yillarda rekonstrukciya)
Gazprom Arena (64 468 / 2016)
Fisht (44 287 / 2014)
Spartak Arena (44 190 / 2014)
Volgograd Arena (43 713 / 2018)
Rostov Arena (43 472 / 2018)
Nijniy Novgorod (43 319 / 2018)
Kazan Arena (42 873 / 2013)
Samara Arena (41 970 / 2018)
Mordoviya Arena (41 685 / 2018)
Kaliningrad Arena (33 973 / 2018)
Ekaterinburg Arena (33 061 / 1957, 2011 va 2018 yillarda rekonstrukciya)
12 stadiondan atigi oltitasi bevosita jahon chempionatiga qurilgan.
JCH-2022
Lusail (88 966 / 2021)
El-Bayt (68 895 / 2021)
Xalifa (45 857 / 1976, 2005 va 2018 yillarda rekonstrukciya)
Axmed bin Ali (45 032 / 2003, 2020 yillarda rekonstrukciya)
Edyukeyshn Siti (44 667 / 2016, 2020 yillarda rekonstrukciya)
El-Tumama (44 400 / 2021)
El-Janub (44 325 / 2019)
Stadion 974 (44 089 / 2021)
JCH-2022 o'tkazilgan sakkiz stadiondan atigi to'rttasi turnir uchun qurilgan.
Jahon chempionatlari o'yinlari o'tkaziladigan stadionlar soni qisqarishi tendenciyasini ko'ryapmiz. Agar JCH-2002da 20ta stadion bo'lgan bo'lsa, 2018 yilda 12ta, 2022 yilda esa umuman sakkizta edi. Bundan tashqari, turnir uchun kamroq arenalar qurildi.
Stadionlarning minimal sig'imi o'rtacha 35-40 ming atrofida bo'ladi. Bu talablarga O'zbekistonda faqatgina "Paxtakor" va "Bunyodkor" javob berishi mumkin, shu bilan birga har ikki arena rekonstrukciya qilinishi kerak. Bu birinchi navbatda "Paxtakor"ga tegishli. Bunday stadionlardan Qozog'istonda bitta bor – "Astana Arena"ning sig'imi 33 000 va 2009 yilda qurilgan.
SHu bilan birga, AQSH, Kanada va Meksika qabul qiladigan JCH-2026da oldingidek 32ta emas, 48ta jamoa bo'ladi. SHu bilan, turnir o'yinlari o'tkaziladigan stadionlar soni yana ko'paydi (16).
SHunday qilib, 2034 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun O'zbekiston va Qozog'iston 13ta yangi stadion qurishi, uchtasini rekonstrukciya qilishi kerak.
Buni amalga oshirishning imkoni bormi? O'zining o'ylab ko'ring.
Qozog'iston O'zbekiston bilan birga JCH-2034ni qabul qilmoqchi. Alisher Nikimbaev nima deydi?
Nikolay Egorichev tayyorladi
Fikrlar