Qozog'iston O'zbekiston bilan birga JCH-2034ni qabul qilmoqchi. Alisher Nikimbaev nima deydi?

Narzulla Saydullayev
21 iyul 2023, 17:51
Mashhur futbol eksperti va mutaxassisi Alisher Nikimbaev Championat.Asia sayti jurnalisti Nikolaem Egorichev bilan suhbatda Qozog'iston va O'zbekistonning JCH-2034 mezboni bo'lishi mumkinligi borasida o'z fikrini bildirdi.

- Mening fikrim oddiy: bu noreal. Agar Saudiya Arabistoni JCH-2030ni qabul qilish fikridan qaytgan bo'lsa, Qozog'iston va O'zbekiston 2034 yilgi mezbonlik haqida o'ylamasa ham bo'ladi.

Mundial mezboni bo'lish uchun kamida 15-16ta stadion kerak (Xuddi JCH-2026 mezbonlari AQSH, Kanada va Meksika kabi). Ayni paytda bunday stadionlar umuman yo'q. Yani 10 yil ichida 5 milliard dollar evaziga 15-16ta stadion qurish kerak.

Taqqoslash uchun: Qatar 10 yil ichida 7ta stadion qurdi. Men aeroportlar, mehmonxonalar, mashg'ulot bazalari va boshqalar haqida gapirganim yo'q. Barcha stadionlar uchun 5 milliard dollar - bu ancha iqtisodiy variant. O'ylashimcha kamida 25-30 milliard dollar kerak bo'ladi. Los-Anjelesdagi SoFi stadionining o'zi 6 milliard dollar turadi, shunga qaramay u JCH finalini qabul qila olmaydi.

Bu qanchalik mumkin? O'ylashimcha, bu savol ritorik", - dedi Alisher Nikimbaev. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia