O'zbekiston va 10ta davlat ham yoshlar, ham o'smirlar Osiyo chempionatiga chiqdi
07 okt 2015 15:13
Yangiliklar


O'zbekiston va 10ta davlat ham yoshlar, ham o'smirlar Osiyo chempionatiga chiqdi
SHu tariqa, mamlakatimizning ham o'smirlar, ham yoshlar terma jamoalari 2016 yilgi qita birinchiligida ishtirok etadigan bo'ldi. Oldinroq O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ham Osiyo chempionatiga chiqqandi.
Bizdan tashqari yana 10ta davlat mana shunday natija bilan maqtana oladi.
Ham o'smirlar, ham yoshlar jamoasi Osiyo chempionatiga chiqqan davlatlar:
Avstraliya, Eron, Iroq, Yaponiya, KXDR, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, tailand, BAA, O'zbekiston, Vetnam.
Faqat o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga chiqqan davlatlar:
Hindiston, Quvayt, Malayziya, Nepal, Ummon.
Faqat yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga chiqqan davlatlar:
Bahrayn, Xitoy, Qatar, Tojikiston, Yaman.
Malumot uchun, U-16 Osiyo chempionati esa 2016 yil sentyabr oyining ikkinchi yarmida Hindistonda bo'lib o'tadi.
U-19 Osiyo chempionati 2016 yil Bahrayn mamlakatida bo'lib o'tadi. Musobaqa 13 oktyabrda boshlanib 30 oktbyar kuni yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar