O'zbekiston U-22 Osiyo chempionatiga mezbonlik qilishi mumkin
12 sen 2014 17:51
Yangiliklar

O'zbekiston U-22 Osiyo chempionatiga mezbonlik qilishi mumkin
O'zbekiston futbol bo'yicha 22 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi 2016 yilgi Osiyo chempionatini o'tkazishga ariza topshirgan.
Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi.
OFK Terma jamoalar musobaqalari bo'limi boshlig'i Goko Suminori, OAV va aloqalar bo'limi boshlig'i CHetan Kulkarni O'zbekistonga tashrif buyuradi.
Suminori va Kulkarni 22-24 sentyabr kunlari U22 Osiyo chempionati o'tkaziladigan stadionlar va mashg'ulotlar maydonlarini ko'zdan kechiradi.
U22 OCH Toshkentdagi quyidagi stadionlarda o'tkazilishi mumkin: 1. “Bunyodkor” 2. JAR 3. “Paxtakor” 4. Transport muhandislari instituti stadioni.
OFK delegaciyasi, shuningdek, delegaciyalar uchun taklif qilingan mehmonxonalar, transport, logistika va boshqa umumiy sharoitlar bilan tanishadi.
2016 yilgi 22 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati parallel ravishda Olimpiada o'yinlariga saralash vazifasini ham o'tab beradi.

Fikrlar