O'zbekiston U-20 Tailand va Indoneziyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi
20 jan 2024 22:32
Yangiliklar
O'zbekiston U-20 Tailand va Indoneziyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi
Farhod Nishonov boshqaruvidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi joriy yil U-20 Osiyo kubogi saralash bahslarida ishtirok etadi.
Oldinda turgan musobaqalarga reja asosida tayyorgarlik ko'rish maqsadida bugun jamoa Toshkentda navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishishdi.
25 yanvardan boshlab yig'inning ikkinchi qismi Indoneziyaning Jakarta shahrida davom ettiriladi. O'zbekiston U-20 Tailand va Indoneziyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishi rejalashtirilgan.
28 yanvar
Tailand — O'zbekiston
30 yanvar
Indoneziya — O'zbekiston
Malumot o'rnida, ayni kunlarda terma jamoaga nomzod bir qator futbolchilar o'z klublari safida yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotganligi sababli murabbiylar shtabi yangi futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishni maqsad qilishgan.
Fikrlar