So’nggi yangiliklar

09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  0 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  1 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  1 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  1 07:56ЦСКА тасдиқлади  5 07:27Суперлига. Бугун 20-турга старт берилади  3 02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  0 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  52 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  4 01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  1 01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарийси бошқача кечиши мумкин эди"   2 00:56Неъматилло Қуттибоев: "Бугунги ғалаба – қаҳрамонлик. Йигитлар ва мухлисларга раҳмат"  2 00:50Гвардиола "Сити" билан шартномасини узайтирадими? Мураббийнинг ўзи жавоб берди  1 00:25"Арсенал" Троссарднинг маошини сезиларли даражада оширмоқчи  0 23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  1

⭐️ O'zbekiston – U-20 Osiyo Kubogida g'olib bo'lgan 16-terma jamoa. SHuningdek, “oq bo'rilar” termalar miqyosida 4-titulini qo'lga kiritdi, Haydarovdan esa rekord Yangiliklar

⭐️ O'zbekiston – U-20 Osiyo Kubogida g'olib bo'lgan 16-terma jamoa. SHuningdek, “oq bo'rilar” termalar miqyosida 4-titulini qo'lga kiritdi, Haydarovdan esa rekord

Hisob bo'yicha 41-marotaba tashkil etilgan musobaqaning finalida mezbonlar Umarali Rahmonalievning yagona goli evaziga 1:0 hisobida Iroqni engdi.

O'zbekiston mazkur musobaqada ilk bor muvaffaqiyatga erishdi va ushbu yosh toifasidagi qita birinchiligida g'olib bo'lgan 16-terma jamoaga aylandi.

U-20 Osiyo kubogining barcha g'oliblari:

1. Janubiy Koreya – 12 marta (1959, 1960, 1963, 1978, 1980, 1982, 1990, 1996, 1998, 2002, 2004, 2012);

2. Myanma – 7 (1961, 1963, 1964, 1966, 1968, 1969, 1970);

3. Isroil – 6 (1964, 1965, 1966, 1967, 1971, 1972);

4. Iroq – 5 (1975, 1977, 1978, 1988, 2000);

5. Eron – 4 (1973, 1974, 1975, 1976);

6-7. SHimoliy Koreya – 3 (1976, 2006, 2010);

6-7. Saudiya Arabistoni – 3 (1986, 1992, 2018);

8. Tailand – 2 (1962, 1969);

9-16. O'ZBEKISTON, Yaponiya, Xitoy, Indoneziya, Qatar, Suriya, BAA va Hindiston – 1 martadan.

*ayrim yillardagi musobaqalar finalida durang qayd etilgani uchun titul ikkala tomonga taqdim etilgan

Malumot o'rnida, O'zbekiston ushbu musobaqada 2008 yil finalga etib borib, BAAga (1:2) alamli tarzda mag'lubiyatga uchragan. SHuningdek, 2002 yil J.Koreya, Yaponiya va Saudiya Arabistonidan keyin to'rtinchi bo'lgan. O'zbekistonliklar 2012 va 2014 yillardagi qita birinchiliklarida yarim finalga chiqishgan, 2004 va 2010 yillarda esa chorak final bilan cheklanishgan.

SHuningdek, O'zbekiston terma jamoalar miqyosida tarixdagi 4-titulini qo'lga kiritdi. “Oq bo'rilar” rasmiy turnirlarda 7 ta finalda qatnashgan va ularda quyidagi natijalar qayd etilgan:

1. 1994 yilgi Osiyo o'yinlari. 

O'zbekiston - Xitoy 4:2

Rustam Akramov

2. 2008 yil, AFC U-19 (1989 yillar). 

O'zbekiston - BAA 1:2

Ahmad Ubaydullaev

3. 2010 yil, AFC U-16 (1994 yillar). 

O'zbekiston - KXDR 0:2

Aleksey Evstafeev 

4. 2012 yil, AFC U-16 (1996 yillar). 

O'zbekiston - Yaponiya 1:1 (3:1)

Dilshod Nuraliev

5. 2018 yil, AFC U-23 (1995/97 yillar). 

O'zbekiston - Vetnam 2:1

Ravshan Haydarov 

6. 2022 yil, AFC U-23 (2001/03 yillar). 

O'zbekiston - Saudiya Arabistoni 0:2

Timur Kapadze

7. 2023 yil. AFC U-20. (2003/2004 yillar)

O'zbekiston - Iroq 1:0

Ravshan Haydarov

SHu tariq, Ravshan Haydarov terma miqyosida O'zbekistonga ikkita titul olib kelgan va ikkita finalda qatnashgan ilk murabbiyga aylandi.

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика