So’nggi yangiliklar

21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  0 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  2 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  8 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  53 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  2 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  2

O'zbekiston U-19 - Xitoy U-19 - 0:0 Yangiliklar

O'zbekiston U-19 - Xitoy U-19 - 0:0

Bahrayndagi yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston U-19 - Xitoy U-19 uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston U-19 - Xitoy U-19 - 0:0
21 oktyabr 2016. Manama. "Xalifa Sports Siti" stadioni. 21:30
 
Hakamlar
: Idai Jumpei, Ochi SHinji (ikkisi Yaponiya), Mohd Bin CHe Omar (Malayziya), Ammal Ali Al Jneibi (BAA)

O'zbekiston U-19: 12.Umidjon Ergashev, 2.Azizbek Suyunov, 5.Xushnudbek Avilov,  7.Sanjar Qodirqulov (18.SHohrux Mahmudxodjiev, 74), 8.Saidjamol Davlatjonov, 10.Suhrob Nurulloev, 13.Javohir Esonqulov, 16.Jamshid Yusupov, 20.Husniddin G'ofurov, 22.Begzod G'anijonov, 23.Nurillo To'xtasinov
Zaxira: 1.Umidjon Hamroev, 3.Xojiakbar Alijonov, 6.Azizjon G'aniev,9.Jasurbek Yaxshiboev, 11.Bobir Abdixoliqov, 14.SHarof Muhitdinov, 15.Oybek Rustamov, 19.Doston Ibragimov, 21.SHohruxjon Raimov.

Xitoy U-19: 22.SHi Ksiadong, 5.Xuang CHuang, 7.Zang Xongjiang (16.Feng Boksuan, 84), 9.Vu Vei, 10.Zang Yuan, 14.Gao Xuaze (23.Ning Veichen, 84), 15.Yao Daogang, 17.Yang Liyu, 18.Xu Jingxang, 19.CHao Yongjing, 20.Xuang Zengyu.
Zaxira: 1.Zang Yan, 2.Vei Lai, 3.Vei Zen, 4.Guo Tianyu, 6.Kong Zen, 8.Deng Yubiao, 11.Lin Liangming, 12.Li Zeng, 13.Xuang CHong, 21.Gao Xeisheng,




                       MATNLI TRANSLYACIYA

                                   YANGILASH

90+3. O'YIN TUGADI. O'zbekiston - Xitoy 0:0. Jasur Abduraimov shogirdlari 24 oktyabr kuni Eronga qarshi chorak finalda maydonga tushishadi.

90+2. ZARBAAAAAAAAAA! Zaxiradan maydonga tushgan Ning Veichen tomonidan yo'llangan zarbani Umid Ergashev qaytarib qoldi!

90+2. Mahmudxojiev maydon markazida qoida buzdi.

90. O'yinga 3 daqiqa qo'shib berildi

88. Uchrashuvda eng faol o'ynaganlardan biri Saidjamol Davlatjonov jarohat olgan ko'rinadi, unga shifokorlar yordam ko'rsatishdi

86. Xitoyliklar gol urish uchun barcha ishni qilib ko'rishmoqda, vakillarimiz esa faqat qarshi hujumda o'ynamoqda

83. O'zgarish. Xitoy. Zang Xongjiang o'rniga Feng Boksuan, Gao Xuaze o'rniga Ning Veichen tushdi

81. Uchrashuv tugashiga 10 daqiqadan kam vaqt qoldi

76. Xitoyliklar navbatdagi jarima to'pini amalga oshirishadi. Jarima maydoniga uzatilgan to'pni Esonqulov qaytarib yubordi

74. O'zgarish. O'zbekiston. Sanjar Qodirqulov o'rniga SHohrux Mahmudxodjiev tushdi

70. Xitoyliklarning tashkil etayotgan hujumlari ancha xavfli chiqmoqda, ammo ularga omad etishmayapti

68. Saidjamol Davlatjonov to'p bilan oldinga o'tdi, ammo raqibni yiqitdi va hujum uzilib qoldi

65. Jarima maydoniga uzatilgan to'pni himoyachilarimiz qaytarib yuborishdi

64. Xitoyliklar jarima to'piga ega bo'lishdi.

60. Uchrashuv tempi yuqori emas. Jamoalar golga tortadigan vaziyatlar yarata olishmayapti

57. CHao Yongjing tomonidan yo'llangan zarba noaniq bo'ldi

54. Saidjamol Davlatjonov raqib jarima maydoni ichiga yorib kirdi, ammo zarba bera olmadi va to'p yo'qotildi

52. Javohir Esonqulovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi ancha noaniq chiqdi

50. Taymni xitoyliklar faol tarzda boshlashdi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


45+1. Birinchi taym tugadi, hozircha 0:0

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi

41. Tan olish kerak birinchi bo'limda xitoylik futbolchilar ko'proq xavfli vaziyatni yaratishdi

39. XAVFLI VAZIYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAT! Zang Yuan jarima maydoni ichidan zarba berdi, to'p deryali bo'sh darvozaning yonidan o'tib ketdi

36. ZARBAAAAA! Saidjamol Davlatjonov jarima to'pidan zarba berdi, raqib posboni o'z o'rnida!

33. Xitoyliklar burchak to'pi tepishadi, himoyachilarimiz to'pni qaytarishdi

31. XAVFLI VAZIYAT! Zang Xongjiang darvozabonimiz bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi, ammo uning zarbasi yuqoriga qarab uchib ketdi

28. Hozirga qadar xitoyliklar ikki marta zarba berishdi, vakillarimiz darvoza tomon umuman zarba berishmadi

24.Sanjar Qodirqulov o'ng qanotdan oldinga o'tib yiqilib tushdi, hakam bu vaziyatda qoida buzilmadi deb hisobladi

20. O'zbekiston asosan himoyalanmoqda va qarshi hujumni ko'zlamoqda, Xitoy esa faqat hujumga o'tmoqda

17. O'yin tempi biroz tushgandek. To'p asosan maydon markazida ushlanib turibdi.

14. Gao Xuazening zarbasini Umidjon Hamroev qaytardi

12. Davlatjonov hujumga o'tishga urindi, biroq raqiblar ikki kishi bo'lib qo'pollik ishlatib uni to'xatishdi.

9. Xitoyliklar katta kuch bilan hujumga o'tishmoqda

8. Zang Xongjiang o'ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi, Husniddin G'ofurov xavfni qaytardi

6. Raqiblar burchak to'pini amalga oshirishdi, darvozaga yo'llangan zarbani himoyachimiz qaytarishga erishdi

3. Xitoyliklar bahsni qo'pol tarzda boshlashdi, ko'p bor qoida buzishmoqda

2. Qodirqulov o'ng qanotdan ajoyib reyd amalga oshirdi, ammo to'pni sheriklariga uzatib bera olmadi

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi muddatdan avval guruhda birinchi o'rinni olib bo'lgan. Xitoy esa aksincha guruhda oxirgi pog'onani egallashi aniq bo'lib ulgurgan.

- Bugun jamoamizni Husniddin G'ofurov sardor sifatida maydonga boshlab tushgan.

- Endi navbat Xitoy davlat madhiyasiga

- O'zbekiston davlat madhiyasi yangramoqda...

- Jamoalar maydonga tushib kelishdi.

- Uchrashuv soat 21:30da boshlanadi.




Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика