So’nggi yangiliklar

16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  3 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  1 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0

O'zbekiston U-19 terma jamoasi Toshkentda o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazadi Yangiliklar

O'zbekiston U-19 terma jamoasi Toshkentda o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazadi

Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-19 terma jamoasi shu yilning 21–31 oktyabr kunlari Toshkent shahrida o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazadi.

Mazkur yig'in O'zbekiston U-19 termasi uchun Osiyo chempionati saralash bosqichi o'yinlariga so'nggi tayyorgarlik vazifasini o'taydi. O'quv-mashg'ulotlar yig'ini davomida O'zbekiston yoshlar termasi BAA U-19 termasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Uchrashuvlar 23 va 25 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi.

Bundan tashqari, yig'in doirasida jismoniy va nazariy mashg'ulotlar o'tkazilishi ko'zda tutilgan. SHu orqali futbolchilarning funkcional tayyorgarligi tekshirib olinadi. Bosh murabbiy o'quv-mashg'ulotlar yig'inga jami 23 nafar futbolchini taklif qildi. Quyida ular bilan tanishish mumkin.

Darvozabonlar: Umidjon Ergashev (“Nasaf”), Javohir Qilichev (“Bunyodkor”), Obidjon Tolipov (“Bunyodkor”);

Himoyachilar: Ibrohim Yo'ldoshev (“Paxtakor”), Abubakir Mo'ydinov (“Bunyodkor”), Nodir Kuybakov (“So'g'diyona”), Jasur Rahimov (“Paxtakor”), SHahzod Mirhosilov (“Bunyodkor”), Dilshod Saidov (“Nasaf”);

Yarim himoyachilar: Suhrob Izzatov (“Bunyodkor”), Asadbek Sobirjonov (“Paxtakor”), Rasul Yo'ldoshev (“Bunyodkor”), Akmal Mozgovoy (“Nasaf”), Bobirjon Asqarov (“Paxtakor”), Abbos Jumaqulov (“Cementchi”), Alisher Salimov (“NBU-Osiyo”), SHohruxbek Abdurahmonov (“NBU-Osiyo”), Xasan Yo'ldoshev (“Bunyodkor”), SHahboz Umarov (“Olmaliq”);

Hujumchilar: Jahongirbek Abdusalomov (“Bunyodkor”), Sanjar Zokirov (“Cementchi”), Islom Kenjaboev (“Nasaf”), Mahmudjon Qudratullaev (“Paxtakor”).

Qayd etish joiz, 16–19 oktyabr kunlari Qatarning Doha shahrida o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazgan O'zbekiston U-19 terma jamoasi bugun, 20 oktyabr soat 06:45 da Toshkent shahriga uchib keldi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика