O'zbekiston U-19 terma jamoasi Iordaniyada 2 ta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
19 avg 2019 18:01
Yangiliklar


O'zbekiston U-19 terma jamoasi Iordaniyada 2 ta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
Joriy yilning noyabr oyida U-19 Osiyo CHempionati-2020 saralash bahslari o'tkaziladi.
Ayni paytda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan saralash bahslariga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.
Otabek G'ulomxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi tayyorgarlik doirasida bir qator musobaqa va o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushmoqda.
Sentyabr oyida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 2 ta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Vakillarimiz 13-18 sentyabr oralig'ida Iordaniyada mashg'ulotlar olib borishadi. Mazkur o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida Iordaniya yoshlar terma jamoasiga qarshi 2 marta bahs yuritilishi ko'zda tutilgan. Dastlabki uchrashuv 15 sentyabr kuni bo'lib o'tsa, ikkinchi o'rtoqlik o'yini 17 sentyabr kuni o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar