So’nggi yangiliklar

20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  0 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  0 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  2 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  36 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   1 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  3 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  6 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  3 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  4 15:38Роналду – энг яхши!  27

O'zbekiston U-19 qizlari Livan U-19 terma jamoasini yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

O'zbekiston U-19 qizlari Livan U-19 terma jamoasini yirik hisobda mag'lub etdi

O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Iordaniyada davom etayotgan OCH-2015 saralashi 2-turida Livan U-19 terma jamoasini yirik 7:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bugun Iordaniya poytaxti Amman shahrida kelasi yili o'tkaziladigan U-20 ayollar o'rtasidagi Osiyo CHempionati saralash bahslarining 2-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Vyacheslav Soloxo va Bahrom Norsafarov murabbiyligidagi O'zbekiston U-19 qizlari saralashning 2-tur bahsida Livanga qarshi maydonga tushishdi. Uchrashuvda katta ustunlikka erishgan O'zbekiston U-19 qizlari yakunda yirik - 7:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Eslatib o'tamiz, Saralashning ilk turida Hindiston U-19 ayollar terma jamoasiga qarshi maydonga tushgan O'zbekiston terma jamoasi qizlari 2:0 hisobida g'alaba qozongan bo'lsalar, ikkinchi uchrashuvda Iordaniya Livan ustidan 3:0 hisobida g'alabaga erishgan.

Saralashning so'nggi tur bahslari 9 noyabr kuni o'tkaziladi. Unda O'zbekiston U-19 qizlari Iordoniyaga qarshi bahs olib borishsa, Livan Hindistonga qarshi maydonga tushadi.

Malumot uchun, guruhda 1-o'rinni qo'lga kiritgan terma jamoa Osiyo CHempionatiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritadi.

U-19 qizlar o'rtasidagi OCH-2015, saralash bahslari.
2-tur. 7 noyabr. Iordaniya. Amman.
O'zbekiston - Livan  7:0
Gollar:
Nodira Muydinova (29, 45, 83), Nilyufar Qudratova (33, 49, 79), Maftuna SHoyimova (90)
O'zbekiston U-19: Laylo Tilovova (Maftuna Jonimqulova), Maftuna SHoyimova, Fayyoza Samandarova, Umida Xudoyboqova (Feruza Boboxo'jaeva 45), Dilnoza Bektemirova, SHohida Tojiddinova, Dildora Nozimova, Sevara Normurodova (SHaxnoza Qurbonova 62), Nilyufar Qudratova, Nodira Muydinova, Umida Zoirova.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика