So’nggi yangiliklar

00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 00:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  14

O'zbekiston U-19 Jahon chempionatiga chiqa olmadi Yangiliklar

O'zbekiston U-19 Jahon chempionatiga chiqa olmadi

Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining chorak finalidan o'rin olgan O'zbekiston U-19 - Eron U-19 uchrashuvi bo'lib o'tdi.
O'zbekiston U-19 - Eron U-19 - 0:2

24 oktyabr 2016. Manama. "Xalifa Sports Siti" stadioni. 21:15
 
Hakamlar:
Muhammad Taqi (Singapur), Jeffri Goh (Singapur), Fok Pong SHing (Gongkong), Jamil Juma Muhammad (Bahrayn)

Gollar: Rizo Jafari, 13 - 0:1. Rizo Jafari, 46 - 0:2.

O'zbekiston U-19: 1.Umidjon Hamroev, 3.Xojiakbar Alijonov, 4.Islomjon Qobilov, 5.Xushnudbek Avilov, 6.Azizjon G'aniev, 9.Jasurbek Yaxshiboev, 11.Bobir Abdixoliqov (13.Javohir Esonqulov, 73), 14.SHarof Muhitdinov, 15.Oybek Rustamov, 19.Doston Ibragimov (8.Saidjamol Davlatjonov, 55), 20.Husniddin G'ofurov (18.SHohrux Mahmudxojiev, 82)

Zaxira: 2.Azizbek Suyunov, 7.Sanjar Qodirqulov, 10.Suhrob Nurulloev, 12.Umidjon Ergashev, 21.SHohruxjon Raimov, 22.Begzod G'anijonov, 23.Nurillo To'xtasinov.

Eron U-19: 12.SHahab Odili, 3.Ali SHojai, 4.Orif G'ulomi, 5.Nima Tohiri, 6.Muhammad Soltanimehr (16.Ali Tohiran, 56), 7.Rizo SHekari (17.Hussayin Saki, 90+2), 9.Mehdi Mehdixoni, 13.Omid Nur Afkan, 19.Rizo Jafari (14.Mojtaba Najarian, 87), 20.SHahin Abbosian, 23.Abulfazl Razzoqpur

Zaxira: 1.Nima Mirzazad, 2.Amirhussayin Tohiri, 8.Muhammad G'ulomrizo, 10.Rizo Karmollachab, 11.Nima Muxtori, 15.Orif Ag'asi, 18.Muhammad Ag'ajanpur, 21.Sina Xodempur, 22.Muhamadamin Barami

Ogohlantirishlar: Azizjon G'aniev 45


                        MATNLI TRANSLYACIYA
                                   YANGILASH



90+4. O'YIN TUGADI! Eron Jahon chempionatiga yo'l oldi, O'zbekiston esa uyga qaytadi...

90+3. ZARBAAA! Yaxshiboevning zarbasi aniq chiqdi, biroq darvozabon to'pni qaytardi

90+2. O'zgarish. O'zbekiston.
Rizo SHekari o'rniga Hussayin Saki tushdi

90. SHu daqiqalar ichida 2ta gol urmasak xayr Jahon chempionati

90.
Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shildi

89.
Davlatjonov jarima to'pini amalga oshirdi, raqib posboniga qo'pollik ishlatildi deb topildi va hujum yakunlandi

87. O'zgarish. Eron.
Rizo Jafari o'rniga Mojtaba Najarian tushdi

84. Ogohlantirish. O'zbekiston.
Javohir Esonqulov

83. O'zgarish. O'zbekiston.
Husniddin G'ofurov o'rniga SHoxrux Mahmudxojiev tushdi

81. ZARBA! SHarof Muhitdinov taxminan sakkizinchi marta noaniq zarba berdi!

80.
Eronliklar ikkita gol urishdi va yotib olib vaqt cho'zishga to'la haqqilari bor...

77.
Davlatjonov jarima to'pini amalga oshiradi, to'p jonli devorga tegib qaytdi

74. O'zgarish. O'zbekiston.
Bobir Abdixoliqov o'rniga Javohir Esonqulov tushdi

72. XAVFLI VAZIYAT! Davlatjonovning oshirgan to'pni Husniddin G'ofurov boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq!

68.
Vakillarimiz hujumga o'tishmoqda, biroq jarima maydoni yonida xatoga yo'l qo'yishmoqda

64. ZARBA! Muhitdinovning navbatdagi zarbasi ham noaniq ketdi!

63.
Yaxshiboev katta tezlikda oldinga o'tdi, biroq uning yurishini himoyachi to'xtatdi. Qarshi hujumdan so'ng Mehdikani zarba berdi, Qobilov to'pni qaytardi

62.
Bugun himoyachilarimiz negadir hayajonlanishmoqda, oddiy vaziyatlarda ham xatolar bo'lmoqda...

60. ZARBA! G'anievning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi!

59.
Orif G'ulomi Bobir Abdixoliqovni yiqitdi. Jarima to'piga ega bo'ldik.

57.
Jasur Abduraimov maydon chetida shogirdlariga tinmay ko'rsatma berib turibdi.

55. O'zgarish. O'zbekiston.
Doston Ibragimov o'rniga Saidjamol Davlatjonov tushdi

54. ZARBAAAAAAAAA! YANA ZARBA! Abdixoliqovning zarbasi himoyachiga tegdi, Muhitdinovning zarbasi noaniq chiqdi!

51. ZARBA! Bobir Abdixoliqov! Jamoadoshlarining tashkil qilgan hujumini zarba bilan tugatdi, ammo noaniq!

50.
Doston Ibragimov havodagi kurashda raqib posboni bilan to'qnashib ketdi, tushunganingizdek darvozabonga endi anchagina yordam ko'rsatiladi...

49.
Eron o'yinda ikkita xavfli vaziyat yaratdi va ikkita gol urdi

46. Vakillarimiz katta kuch bilan oldinga o'tishdi, raqib futbolchisi qarshi hujumda darvozabonimiz bilan birga bir vaziyatga chiqib borib gol urdi - 0:2.

46. GOL! Rizo Jafari 0:2


45+1. Bo'lim yakunlandi.
Hozircha 0:1

45+1. Ogohlantirish. O'zbekiston.
Azizjon G'aniev

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi

45.
Vakillarimiz birinchi bo'limda hisobni tenglashtirish uchun haqli o'yin namoyish etishdi. Lekin gol yo'q.

43. ZARBA! Abduxoliqning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

39.
Husniddin G'ofurovning boshi bilan yo'llagan zarbasini posbon ushlab oldi

38.
Eronliklar faqat himoyalanishga majburlar, Doston Ibragimov yiqitildi. Jarima to'pi tepamiz

34. ZARBAAAAAAAAA! Xojiakbar Alijonov jarima maydoni ichidan zarba berdi, to'p ustun yonidan o'tib ketdi. O'zbekiston faqat hujumda o'ynamoqda! Gol kerak, gol

32. ZARBA! Yana Muhitdinovdan kuchli zarba! Bu safar ham darvozabon o'z o'rnida

30. ZARBA! SHarof Muhitdinovning jarimadan yo'llagan zarbasini posbon qaytardi!

28. Ogohlantirish.
Eron. Nima Tohiri

27. ZARBAAAAAAAAA! SHarof Muhitdinovning kuchli zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi!

25. ZARBA! Yaxshiboev jarima maydoniga yorib kirdi va zarba berdi, bu safar ham raqib himoyachisi to'p yo'lini to'sa oldi!

23.
Vakillarimiz gol o'tkazgach darhol katta kuch bilan hujumga o'tayotgani odamni xursand qiladi.

22. ZARBA! Burchak to'pidan so'ng Abduxoliqov boshi bilan zarba berdi, noaniq!

21. Xavfli vaziyat! Doston Ibragimov chap qanotdan to'pni sherigiga oshirdi, SHarof Muhitdinovning zarbasi yo'liga himoyachi tashlandi va xavfni baratarf qildi.

19.
Yaxshiboevning burchakdan uzatgan to'pini raqib vakili qaytarib yubordi.

18. ZARBA.
Azizjon G'anievning zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi. Burchak to'pi tepamiz

16.
Vakillarimiz burchak to'pini amalga oshirishdi, darvozabon hujumchilarimizga imkoniyat qoldirmadi

13.
Eronliklar jarima to'pini amalga oshirishdi, himoyachilarimiz raqibga zarba berishga imkon berishdi. Natijada Rizo Jafari osongina hisobni ochdi - 0:1.

13. GOL! Rizo Jafari 0:1

8. ZARBAAAAAAA! SHarof Muhitdinov jarima to'pini amalga oshirdi, to'p darvozabonning qo'llaridan chiqib ketdi, ammo zarba beradigan futbolchi topilmadi

5. ZARBA! Jasurbek Yaxshiboev o'ng qanotdan jarima maydoniga kirib bordi, hujumga etib kelgan Xojiakbar Alijonovning zarbasidan so'ng darvozabon to'pni ushlab oldi!

4.
Uchrashuvni Eron yoshlari faolroq tarzda boshlashdi. Biroq hozircha hech bir tomon darvoza tomon zarba bergani yo'q.

2. Razzoqpurning jarima maydoniga uzatgan to'pini Qobilov qaytardi

1.
Rizo SHekari yiqitildi, raqiblarimiz jarima to'pini amalga oshirishadi. 

1. O'YIN BOSHLANDI! OLG'A O'ZBEKISTON!

-
Navbat Eron davlat madhiyasiga

- Dastlab O'zbekiston davlat madhiyasi yangraydi

- Jamoalar maydonga tushib kelishdi.

- Uchrashuv soat 21:15da boshlanadi.





Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика