O'zbekiston U-17 Xitoydagi musobaqani mag'lubiyat bilan boshladi
12 may 2016 14:33
Yangiliklar
O'zbekiston U-17 Xitoydagi musobaqani mag'lubiyat bilan boshladi
Ahmadjon Musaev boshchiligidagi O'zbekiston U-17 terma jamoasi ayni paytda Xitoydagi xalqaro musobaqada qatnashmoqda.
Rasmiy nomi "Jiangyin Zhouzhuang Cup CFA International Youth Football Tournament 2016" bo'lgan musobaqada Xitoy, Eron, Yaponiya va O'zbekiston jamoalari ishtirok etmoqda.
Birinchi turda vakillarimiz "Jiang yin Sports centre" stadionida Yaponiya bilan o'ynab 1:3 hisobida yutqazib qo'yishdi. Xitoy esa Eronni mag'lub etdi - 2:1.
Ikkinchi turda O'zbekiston Eron bilan to'qnash keladi. So'nggi turni Musaev shogirdlari Xitoyga qarshi o'tkazishadi.
Fikrlar