O'zbekiston U-17 Xitoydagi musobaqada Eronga ham mag'lub bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
13 may 2016
Ahmadjon Musaev boshchiligidagi O'zbekiston U-17 terma jamoasi Xitoydagi xalqaro musobaqada qatnashmoqda.
Rasmiy nomi "Jiangyin Zhouzhuang Cup CFA International Youth Football Tournament 2016" bo'lgan musobaqada Xitoy, Eron, Yaponiya va O'zbekiston jamoalari ham ishtirok etmoqda.

Birinchi turda jamoamiz Yaponiya bilan o'ynab 1:3 hisobida yutqazib qo'ydi. Kecha esa O'zbekiston Eronga 1:2 mag'lub bo'ldi.

Uchinchi turni Musaev shogirdlari Xitoyga qarshi o'ynashadi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia