Ahmadjon Musaev “Loko”dan ketdi

Narzulla Saydullayev
24 mar 2014
O'tgan yil Turkiyada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida termamizga ustozlik qilgan Ahmadjon Musaev shundan beri “Lokomotiv”da ishlab kelayotgandi.
Bu murabbiy klubning yoshlar jamoasini boshqarayotgandi.

Lekin Vadim Abramov “termiryo'lchilar”ni qabul qilib olgach, oradan ko'p o'tmay Musaev jamoadan kyetishga majbur bo'ldi. Chunki Abramov Musaevning o'rnida o'zining qadrdon do'sti Marat Miftaxutdinov ishlashini xohladi va Miftaxutdinov darhol “Mashal”dagi ishini tashlab “Loko”ga keldi. Bundan tashqari, Rustam Abdullaev ham “Lokomotiv”ga kelib, shu erda ishlay boshladi.

X.Xoliqov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia