O'zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkentda yig'inni boshladi
06 apr 2022 11:30
Yangiliklar
O'zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkentda yig'inni boshladi
O'zbekiston U-16 terma jamoasi mashg'ulotlarga kirishdi.
Jamoliddin Rahmatullaev boshchiligidagi o'smirlarimiz Toshkentdagi "CHig'atoy" maydonida kecha yig'inni boshladi. Poytaxtdagi mashg'ulotlar rejaga ko'ra 15 aprel sanasiga qadar davom etadi. Quyida taklif qilingan futbolchilar bilan tanishishingiz mumkin. Mazkur yosh toifasidagi terma jamoamiz joriy yilning oktyabr oyida Baxrayn mamlakatida 2023 yilgi Osiyo chempionatiga saralash bahslarida qatnashadi.
Quyida kecha bo'lib o'tgan mashg'ulotdan olingan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.
Birinchi kungi yig'inni bevosita kuzatgan saytimiz muxbiri bosh murabbiy Jamoliddin Rahmatullaev bilan intervyu tashkil qildi. Birozdan so'ng suhbatni etiboringizga havola qilamiz.
O’xshash yangiliklar
12:56
Elit OCHL. Bugun O'runov va Masharipov jamoalari maydonga tushadi, Jaloliddin "Al Hilol"ga qarshi 1
Fikrlar