O'zbekiston U-16 terma jamoasi "Paxtakor" yoshlariga qarshi nazorat o'yini o'tkazdi
23 apr 2019 15:13
Yangiliklar


O'zbekiston U-16 terma jamoasi "Paxtakor" yoshlariga qarshi nazorat o'yini o'tkazdi
Azamat Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkentda yig'in o'tkazayotgani haqida xabar berib o'tgandik.
Terma jamoa azolari "CHig'atoy" sport bazasida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazishmoqda. Yig'in davomida murabbiylar shtabi terma jamoaga nomzod bir qator futbolchilarni sinovdan o'tkazib olishyapti. SHu bilan birga futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini yaxshilash borasida ham ish olib borilmoqda.
Yig'in doirasida O'zbekiston U-16 terma jamoasi "Nasaf", "Lokomotiv, "Spartak" yoshlariga qarshi nazorat o'yinlari o'tkazdi. Bugun esa Azamat Abduraimov shogirdlari "Paxtakor" yoshlari bilan kuch sinashishdi. O'yin 2:1 hisobida "Paxtakor" foydasiga hal bo'ldi. O'yin davomida murabbiylar shtabi bir qator taktik sxemalarni sinovdan o'tkazib olishdi.
Eslatib o'tamiz, Toshkentdagi yig'in 24 aprelga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar