

16 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan tashkil topgan terma jamoalar o'rtasida o'tkaziladigan ushbu "CAFA U-16 championship" musobaqasiga O'zbekiston U-16 terma jamoasi tayyorgarlikni boshladi.
O'quv mashg'ulotlar yig'ini Toshkentdagi "Chig'atoy" sport bazasida bo'lib o'tmoqda. Usmon Toshev boshchiligidagi murabbiylar guruhi yig'inda ishtirok etayotgan 25 nafar qatnashchi orasidan 18 nafar eng iqtidorli futbolchilarni yakuniy tarkibga tanlab oladi.
Musobaqada O'zbekiston terma jamoasiga Tojikiston, Afg'oniston va Qirg'iziston terma jamoalari raqiblik qilishadi. O'yinlar Toshkentdagi "Milliy" hamda "Lokomotiv" stadionilarida bo'lib o'tadi. O'quv mashg'ulot yig'inida quyidagi futbolchilar ishtirok etishmoqda:
Darvozabonlar:
Yo'ldoshev Shukron – Paxtakor
Qodirov Mo'minmirzo – Bunyodkor
Abdunabiev Hamidillo – Paxtakor
Himoyachilar:
Abdurashidho'jaev Sardor – Bunyodkor
Ubaydullaev Xurshid – Bunyodkor
Nosirov Muhammadyusuf – Bunyodkor
Davronov Alibek – Nasaf
Sobirov Doniyor – Paxtakor
Pirimqulov Fozil – Paxtakor
Yarim himoyachilar:
Bo'riev Abdurauf – Bunyodkor
Xolmatov Diyor – Paxtakor
Rahimkulov Diyorbek – Bunyodkor
Jaloliddinov Jasurbek – Bunyodkor
Sarimsoqov Abror – Paxtakor
Sodiqov Jaloliddin – Bunyodkor
Sattorov Mironshoh – Bunyodkor
Hojibekov Farrux – Bunyodkor
Ro'ziev Javohir – Bunyodkor
Qo'shnazarov Qo'shnazar – Paxtakor
Hujumchilar:
Mamasidiqov Temur – Paxtakor
Muxtorov Farruxbek – Bunyodkor
Norchaev Xusayn – Nasaf
Chekrizov Igor – Paxtakor
Ro'ziev Ruslan – Paxtakor
Matyoqubov Habibullo – Xorazm



