O'zbekiston U-16 terma jamoasi bugun Tojikiston U-16 terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi
21 iyu 2019 10:51
Yangiliklar


O'zbekiston U-16 terma jamoasi bugun Tojikiston U-16 terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi
O'zbekiston U-16 terma jamoasi shu yilning 14-22 sentyabr kunlari Toshkentda o'tadigan Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi.
Mazkur musobaqaga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Azamat Abduraimov shogirdlari Toshkentda yig'in o'tkazdi. Mazkur yig'in doirasida terma jamoamiz azolari Xo'jand shahrida Tojikiston U-16 terma jamoasiga qarshi 2ta o'rtoqlik o'yini o'tkazishi rejalashtirilgan. O'rtoqlik o'yinlari 21 va 23 iyun kunlariga mo'ljallangan.
Bugun dastlabki uchrashuv bo'lib o'tadi. O'yin soat 17:30da start olishi ko'zda tutilgan.
21 iyun (juma)
Tojikiston (U-16) – O'zbekiston (U-16)
Bosh hakam: Xurshed Dadoboev (Xo'jand).
Komissar: Jovidon Hasanov (Dushanbe).
Xo'jand, “Tojikiston Mustaqilligining 20 yilligi” stadioni.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar