So’nggi yangiliklar

18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  0 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  2 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  0 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  12 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  22

O'zbekiston U-16 o'rtoqlik uchrashuvida “Bunyodkor”ni mag'lub etdi Yangiliklar

O'zbekiston U-16 o'rtoqlik uchrashuvida “Bunyodkor”ni mag'lub etdi

Teglar :  O'zbekiston U-16
Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi o'zining Osiyo chempionatiga tayyorgarlik dasturi doirasidagi ilk yig'inida “Bunyodkor”ning ikkinchi ligada ishtirok etadigan jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Ushbu uchrashuvda O'zbekiston U16 yig'iniga taklif qilingan barcha futbolchilar maydonda sinab ko'rildi.

25 fevral kuni yig'inga kirgan o'smirlar terma jamoasi uchun bu 2016 yilning sentyabr oyida Hindistonda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik doirasidagi ilk o'rtoqlik uchrashuvi edi.

Nazorat o'yinida O'zbekiston U-16 ikkinchi liga vakili bo'lgan “Bunyodkor”ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limi nihoyasida Alfayzi Nematov hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'lim avvalida jamoa sardori Abubakr Mo'ydinov 11 metrlik jarima zarbasidan hisobni 2:0 ko'rinishiga olib keldi. “Bunyodkor” o'yin nihoyasida bitta javob to'pi kiritishga erishdi.

Eslatib o'tish kerakki, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 1- 4 mart kunlari Toshkentda bo'lib o'tadigan “Ertangi kun sporti” nomli futbol festivalida ishtirok etadi. Festivalda shuningdek Turkmaniston, Eron hamda Yaponiya o'smirlar terma jamoalari ham qatnashadi.

Ushbu festival doirasidagi dastlabki o'yin 1 mart kuni, soat 11:00da, “Jar” stadionida bo'lib o'tadi. Unda O'zbekiston U-16 ochilish uchrashuvida Turkmaniston U-16 terma jamaosiga qarshi o'ynaydi. Kunning ikkinchi uchrashuvi esa 15:00da start olib, unda Yaponiya va Eron o'smirlari o'zaro to'qnash keladi.

Quyida esa O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining dastlabki yig'iniga jalb etilgan futbolchilar ro'yxatini keltirib o'tamiz.

Darvozabonlar:

Jasurbek Umrzoqov (“Bunyodkor”)
Xojakbar Jo'raev (“Paxtakor”)
Abduvohid Nematov (“Nasaf”)

Himoyachilar:

Ixtiyor Xoldorov (“Bunyodkor”)
Mardon Abdullaev (“Bunyodkor”)
Islom KArimov (“Bunyodkor”)
Ayubxon Azimov (“Paxtakor”)
Abubakr Mo'ydinov (“Bunyodkor”)
Mahmud Qudratillaev (“Paxtakor”)
Nurbek Botirov (“Nasaf”)
SHoxzamon Xayrullaev (“Paxtakor”)

Yarim himoyachilar:

Abdug'ani Kamolov (“Bunyodkor”)
Rasul Yo'ldoshev (“Bunyodkor”)
Burxon Hasanov (ROZK)
Asadbek Sobirjonov (“Paxtakor”)
Oston O'runov (“Paxtakor”)
Baxromjon Soatov (“Paxtakor”)
Valeriy Akopov (“Paxtakor”)
Ibrohim G'anijonov (“Paxtakor”)

Hujumchilar:

SHuxrat Nematov (“Bunyodkor”)
Abdulxay Ismoilov (“Bunyodkor”)
Alfayzi Nematov (“Nasaf”)
Hurmat Yo'ldoshev (“Lokomotiv”)

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика