So’nggi yangiliklar

22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  0 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  2 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  3 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  6 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  4 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  5 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  12 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  21 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  48 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0

O'zbekiston U-16 bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev: "Biz bundan ham ko'prog'iga loyiqmiz" Yangiliklar

O'zbekiston U-16 bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev: "Biz bundan ham ko'prog'iga loyiqmiz"

O'zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev "Mirabror Usmanov Memorial Cup-2022” musobaqasidan o'rin olgan Eron U-16 terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

"Nima ham derdim, ko'rinib turibdi birinchi uchrashuvda baribir bosim bo'ldi. Ayrim vaziyatlarda omad etishmadi. Agar golga aylantira olganimizda umuman boshqacha o'yin kechardi. Ikkinchidan vaqt o'tgani sari bosim yanada oshib bordi. Afsuski, birgina holatda diqqatni yo'qotganimiz golga olib keldi. Futbolchilarim oxirigacha kurashdi. Ularga katta rahmat. Bemalol ayta olaman, biz bundan ko'prog'iga loyiqmiz. Bu o'yin xatolarimizni ko'rsatib berdi",- deydi Jamoliddin Rahmatullaev.

- Birinchi bo'limda qanotlarimiz deyarli ishlamadi. Vingerlar ko'ringani yuq. Bu o'yinga tanlangan taktika bilan bog'liqmi?

- Ko'rgan bo'lsangiz, raqib bizni ikkinchi zonada kutdi va bo'sh xududlar qoldirmadi. Bunday vaziyatda tavakkal qilish katta xatoga olib kelardi. Raqibni o'zimizga chaqirib bo'sh zonalardan foydalanishga harakat qildik.

- Jamoada o'yin surati bor. Aniq uslub ko'zga tashlanmoqda. Futbolchilar xarakterga ega. Bu o'rtoqlik uchrashuvlaridan keyingi xulosa. Rasmiy bahslarda ham buni qanchalik ko'ramiz?
- Bundan havotirim yo'q. CHunki o'yinimiz yaxshilanib boryapti. Mazkur musobaqadan keyin yanada kuchayamiz. Saralash bahslariga optimal holatda etib boramiz. Futbolchilarim va murabbiylar shtabimga ishonaman.



Aminbek Yoqubov: "Bugun g'alaba qozonishimiz kerak edi"         

Eron U-16 bosh murabbiyi: "O'zbekiston gol urmaganida, hakam yana 10 daqiqa qo'shishga tayyor edi"        

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика