Javohir Ro'ziev: "Men uchun individual mahoratdan jamoa manfaati muhimroq"
05 apr 2025 11:27
Yangiliklar
Javohir Ro'ziev: "Men uchun individual mahoratdan jamoa manfaati muhimroq"
"Umuman olganda, o'yinni yomon o'tkazmadik, sababi barcha futbolchilar bor kuchini safarbar etgan holda harakat qildi. Guvohi bo'lganingizdek, bellashuvning oxirgi daqiqalarida o'z darvozamizdan ikkita to'p o'tkazib yubordik. Biroq uchrashuv davomida xavfli vaziyatlar yaratdik, shunchaki bizga omad etishmadi.
Zarbalarimni etirof etganingiz uchun rahmat. Lekin men uchun individual mahoratdan jamoa manfaati muhimroq. Bugun ham birinchi bo'limdagi urinishda to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi. Ikkinchi bo'limda bunday zarbalarning ko'rmaganingiz boisi, mudofaaga yordam kerak edi va men orqaroqqa qaytib, himoyachilarga yordam berishga harakat qildim.
Keyingi uchrashuvni yana "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazamiz. Ha, oldinda vaqt ko'p emas, biroq bo'lajak o'yin scenariysini ijobiy o'zgartirishga harakat qilamiz", dedi 20 yoshli futbolchi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar