O'zbekiston U-16 – BAA U-16 o'yini oldidan matbuot anjumani o'tkaziladi
06 sen 2019 14:34
Yangiliklar
O'zbekiston U-16 – BAA U-16 o'yini oldidan matbuot anjumani o'tkaziladi
Joriy yilning 18-22 sentyabr kunlari Toshkentda o'tadigan Osiyo chempionati saralash bahslariga hozirlik olib borayotgan O'zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkentda BAAlik tengqurlariga qarshi 2 ta o'rtoqlik o'yini o'tkazishi haqida xabar bergan edik.
Dastlabki o'yin 8 sentyabr kuni soat 16:30da TTYMI stadionida bo'lib o'tadi. Ikkinchi uchrashuv esa 11 sentyabr sanasida “Yakkasaroy” stadionida soat 16:00da o'tkaziladi.
Ertaga, 7 sentyabr kuni mazkur o'yinlar oldidan har ikki terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o'tkaziladi. Dastlab soat 11:00da O'zbekiston U-16 terma jamoasi ustozi Azamat Abduraimov jurnalistlar savollariga javob bersa, soat 11:30da esa BAA U-16 terma jamoasi ustozi Majid Salim Obaid Kasin Alzaabi matbuot anjumanida qatnashadi. Matbuot anjumani O'FA anjumanlar zalida tashkil etiladi.
Barcha turdagi OAV vakillarini matbuot anjumaniga taklif etamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar