So’nggi yangiliklar

19:31"Ливерпуль" раҳбарияти бош мураббийга шарт қўйди. Слотдан нималар талаб қилинмоқда?  0 19:03Хави "Барса"га қайтиши ҳақидаги миш-мишларга чек қўйди  0 18:35"Манчестер Юнайтед" Кварацхелияга қизиқмоқда, аммо футболчининг нархи трансфер имкониятини шубҳа остига қўймоқда  2 18:07"Тоттенхэм" Тудорни ишдан бўшатишга тайёр. Клуб аллақачон бош мураббийликка икки номзодни кўриб чиқмоқда  1 17:39"Барселона" ва "Манчестер Юнайтед" сенсацион алмашувни тайёрламоқда  8 17:11"Ливерпуль" футболчиси АПЛдаги рақобатчидан қизиқиш бўлганини тасдиқлади  1 16:43Суперлига. "Андижон" охирги бор "Нефтчи"ни Фарғонада қачон енгган?  18 16:21Ўзбекистон чорак финалда. Жаҳон чемпионатига бир қадам қолди  5 15:55Аёллар ўртасидаги Осиё Кубоги. Ўзбекистон Бангладешга 4 та гол урди ва плей-оффга йўл олди  3 15:27Бразилияда ҳакам 23 та (!) қизил карточка кўрсатди: Халк воқеа марказида  3 15:06Суперлига. "Навбаҳор" XXI асрда "Пахтакор"ни меҳмонда ютмаган  21 14:38Таниқли мураббий "Реал" қизиқиши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  19 14:14Ҳужумчини сабр билан кузатиб боради, орқа томонида бўш ҳудуд очиб қўймайди... Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини таҳлил қилинди  23 13:53"Челси" Росеньор олдига қатъий талаб қўйди  1 13:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Арал" таркибига қўшилди  0

O'zbekiston terma jamoasiga kim keladi? Keyrush yoki van Marveyk? Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasiga kim keladi? Keyrush yoki van Marveyk?

Ayni kunlarda O'zbekiston milliy terma jamoasiga kim bosh murabbiy bo'lishi haqida turli bahs-munozaralar qizg'in tus olgan.

"Milliy terma jamoamiz uchun xorijdan keladigan murabbiy deyarli tayyor. U Osiyo futbolini yaxshi tushunadigan, ishlagan terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqqan tajribali mutaxassis. Men 6 fevralda Birlashgan Arab Amirliklariga jo'nab ketaman. U erda murabbiy bilan shartnoma tuzamiz. Oldindan nimadir aytmay turganim maqul. Ammo o'sha murabbiyni ko'rgach, bundan xalqimiz albatta xursand bo'ladi. U hozirgi kunda terma jamoani jahon chempionatiga olib chiqqan murabbiy sanaladi", - dedi O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusi chog'ida.


Xo'sh o'sha sirli xorijlik murabbiy kim? Bizda ikkita nomzod bor. 

Saudiya Arabistoni terma jamoasini Rossiyadagi mundialga olib chiqqan gollandiyalik Bert van Marveyk ayni paytda ishsiz yuribdi. Biroq Osiyo futbolini u qadar yaxshi tushunmasa kerak deb o'ylaymiz. Sababi u qitada 2015 yildagina ish boshlagandi xolos.

Portugaliyalik Karlush Keyrush esa Eron terma jamoasini ketma-ket ikkinchi marta Jahon chempionatiga olib chiqdi. Keyrush 2011 yildan buyon Osiyoda ishlab kelmoqda. Bundan tashqari 1996 yilda Yaponiyaning "Nagoya Grampus" klubida bir mavsum davomida ishlagandi.


Katta ehtimol bilan aynan mana shu ikki murabbiydan biri O'zbekiston terma jamoasi bilan shartnoma tuzadi. Barchasi yaqin kunlarda hal bo'ladi va O'FF rasman yangi bosh murabbiy nomini elon qiladi. Qaysi murabbiy tayinlansa ham O'zbekiston terma jamoasini yangi darajaga olib chiqib 2022 yildagi Jahon chempionatiga olib chiqsa bas.

Reyting: +136   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика