So’nggi yangiliklar

19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  0 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  9 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  11 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  2 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  5 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  6 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  9 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7

O'zbekiston terma jamoasida o'ynagan qoraqalpog'istonlik futbolchilarni bilasizmi? Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasida o'ynagan qoraqalpog'istonlik futbolchilarni bilasizmi?

O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida shu kunga qadar to'rt nafar qoraqalpog'istonlik futbolchi to'p tepgan.

Quyida ana shu futbolchilarning ko'rsatkichlari haqida to'xtalib o'tamiz.

1. Berdax Allaniyazov. 8 o'yin
Allaniyazov 1992 yili Qirg'iziston bilan uchrashuvda termadagi ilk o'yinini o'tkazib, o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Umuman olganda posbon o'sha yili 4 uchrashuvda 4 ta gol qo'yib yubordi. 1994 yil ham Berdax 4 ta o'yinda darvozani qo'riqlab, 3 ta bahsni "quruq" o'tkazib, termaning Osiyo o'yinlaridagi muvaffaqiyatiga o'z hissasini qo'sha oldi.

2. Nematulla Qutibaev. 14 o'yin - 5 gol
Qutibaev terma jamoadagi debyutini 1998 yili Hindistonga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvida nishonlagan. 0:0 hisobi qayd etilgan o'yinda u to'liq 90 daqiqa harakat qilgan. Nematulla oradan 3 kun o'tib Hindistonga qarshi kechgan takroriy o'rtoqlik uchrashuvida termadagi ilk golini urdi. U termadagi uchinchi o'yinini Osiyo o'yinlari doirasida Mo'g'ulistonga qarshi o'tkazib "xet-trik"ka erishdi. SHuningdek Turkmanistonga qarshi kechgan dramatik o'yinda gol urib, termamizga bir ochko taqdim qildi. Dastlabki 5 o'yinda 5 ta gol urgan hujumchi, shundan keyingi 9 ta uchrashuvda birorta ham gol ura olmadi. Qutibaev termadagi so'ngi o'yinini 2002 yili Slovakiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida o'tkazdi.


3. Navro'z Alimov. 11 o'yin - 2 gol
Navro'z 2014 yili Toshkentda Ummonga qarshi kechgan to'qnashuvda termada debyut qildi. U milliy jamoa libosidagi dastlabki 7 ta o'yinda birorta ham gol urmadi. Keyinchalik BAAga qarshi o'yinda ilk golini urgan bo'lsa, Iordaniya bilan to'qnashuvda ikkinchi goliga mualliflik qildi. 2014 yil davomida o'rtoqlik uchrashuvlarida 11 uchrashuvda 2 ta gol urgan hujumchi 2015 yili "Paxtakor"ga yo'l oldi va shundan so'ng termada chaqirilmadi. Boz ustiga uning faoliyatida pasayishlar davri bsohlandi.


4. Salamat Qutibaev. 3 o'yin
Salamat 2016 yildan buyon muntazam ravishda terma jamoaga jalb etilib kelinmoqda. Biroq ko'pincha u o'yinlarni zaxirda o'tirib tomosha qilishiga to'g'ri keldi. SHunga qaramay Babayan Qutibaevni 3 marta zaxiradan o'yinga tushdirdi. Yarim himoyachi debyut uchrashuvini Kanadaga qarshi o'tkazdi. SHundan so'ng u Burkina-Faso va Gruziya termalari bilan o'yinlarda ham zaxirdan o'yinga qo'shildi. Etiborli jihati Salamat 3 ta o'yinni 3 ta qita vakiliga qarshi o'tkazdi va Osiyo jamoalari bilan o'yinlarda maydonga tushmadi.


Furqat Yusupov tayyorladi

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика