Navro'zbek Alimov terma jamoadagi ilk golini urdi

Narzulla Saydullayev
15 okt 2014
Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi BAAga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib 4:0 hisobida zafar quchdi.
O'yindagi gollardan birini "Qizilqum" klubi hujumchisi Navro'zbek Alimov arablar darvozasiga urdi.

E'tiborlisi, Alimov uchun bu milliy terma jamoa tarkibida dastlabki gol bo'lib tarixda qoladigan bo'ldi. Navro'zbek bungacha terma jamoada 6ta o'yin o'tkazgandi. Demak 7-o'yinda o'zining ilk golini urishga muvaffaq bo'ldi.

Kecha Temur Kapadze o'zining 10-golini urdi. Server Jeparov hisobidagi gollar soni 23taga etdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia