So’nggi yangiliklar

15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  1 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  4 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  6 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  19 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  2 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  2 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  3

O'zbekiston terma jamoasi Rossiyada yig'in o'tkazadi Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi Rossiyada yig'in o'tkazadi

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning 24-31 avgust kunlari Rossiyada bir haftalik yig'in o'tkazadi.

O'quv-mashg'ulot yig'ini Rossiyaning Ekaterinburg shahrida bo'lib o'tadi. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz yig'in doirasida Rossiyaning "Viz-Sinara" va "Zik-Urfu" jamoalariga qarshi nazorat o'yinlari o'tkaziladi. Terma jamoamiz delegaciyasi Rossiyaga 24 avgustda uchib ketadi.

Nazorat o'yinlari
25.08.2017

"Viz-Sinara" - O'zbekiston

26.08.2017
"Viz-Sinara" - O'zbekiston

29.08.2017
"Zik-Urfu" - O'zbekiston

30.08.2017
"Zik-Urfu" - O'zbekiston

Bo'lajak yig'in O'zbekiston futzal termasi uchun Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida yopiq inshootlarda bo'lib o'tadigan 2017 yilgi Osiyo o'yinlari va futzal bo'yicha 2018 yilgi Osiyo chempionati saralash bahslariga tayyorgarlik vazifasini o'taydi.

Malumot uchun, Ashxoboddagi Osiyo o'yinlari shu yilning 17–27 sentyabr kunlari o'tkaziladi.



SHu o'rinda terma jamoamiz Ekaterinburgda nazorat o'yinlari o'tkazadigan klublar haqida qisqacha malumot berib o'tamiz.

"Viz-Sinara"

Ekaterinburg shahri sharafini himoya qiladigan "Viz-Sinara" Rossiyaning mashhur klublaridan biri hisoblanadi. Klub 1992 yilda tashkil topgan. Bugungi kunda Rossiya Superligasida ishtirok etadi. Jami 11 marotaba mavsumni sovrinli o'rinlarda yakunlagan, 2008-2009 va 2009-2010 yilgi mavsumlarda Rossiya chempioni bo'lgan. SHuningdek, "Viz-Sinara" 2007-2008 yilgi mavsumda futzal bo'yicha UEFA kubogi finalida Ispaniyaning "El-Poso" jamoasini mag'lub etib bosh sovrinni qo'lga kiritgan. SHuningdek, 2007 yil Rossiya kubogi, 1998 yilda Oliy liga kubogini qo'lga kiritgan.

"Viz-Sinara" o'zining akademiyasi bilan ham mashhur hisoblanadi.

"Zik-Urfu" esa Rossiya Oliy ligasida ishtirok etadi, jamoa Superligaga chiqish uchun harakat qilmoqda.

Reyting: -25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика