So’nggi yangiliklar

14:25Криштиану Роналду: "Ямални тинч қўйиш керак"  2 14:15Расман: Элгужа Лобжанидзе "Қизилқум"ни тарк этди  1 13:55Ўзбекистон Қатарга қарши оқ либосда ўйнайди  4 13:35"Терма жамоа учун оёғим синишига ҳам тайёрман". Роналду — Миллатлар лигаси финалидаги жароҳати ҳақида  0 13:13Суперлигадаги навбатдаги истеъфо. Никола Лазаревич "Қизилқум"дан кетди  5 12:40Алмоез Али: "Ўзбекистонга қарши ўйиндан бошлаб биздан талаб қилинган барча вазифаларни бажарамиз"  10 12:15Вадим Абрамов: "Хотиржамлик билан ғалаба қозондик"  1 11:49Факт. Ўзбекистон Тошкентда Қатарга мағлуб бўлмаган   8 11:28Про лига. 9-турда қайси ҳакамлар ишлашади?   1 10:55“Челси“ сўнгги таклифини юборди  1 10:28“Бавария“ рози бўлди  2 10:05Кевин де Брюйне “Наполи“ билан келишув шартлари очиқланди  0 09:33Италия термасини бошқаришга асосий номзодлар маълум  6 09:02“Ал Насср“ МЮ юлдузини сотиб олиш учун ўз юлдузидан воз кечишга тайёр  1 08:31Криштиану Роналду Португалиянинг Миллатлар лигаси финалидаги ғалабаси ҳақида фикр билдирди  44

O'zbekiston terma jamoasi "Paxtakor"da mashg'ulot o'tkazdi Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi "Paxtakor"da mashg'ulot o'tkazdi

Teglar :  O'zbekiston MTJ
O'zbekiston terma jamoasi bugundan etiboran Iordaniya hamda Janubiy Koreyaga qarshi kechadigan o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishni boshladi.

Samvel Babayan boshchiligidagi terma jamoamiz bugun soat 16:00da "Paxtakor" markaziy stadionida yig'inga kirishdi.

Kuni kecha oliy ligada tur o'yinlarini o'tkazgan "Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv" jamoalari futbolchilari va Xitoy chempionatidagi vakillarimiz Egor Krimec, Anzur Ismoilov hamda Igor Sergeev mashg'ulotlarda ishtirok etishdi. Qolgan futbolchilar esa klublari safidagi chempionat o'yinlarini o'tkazib bo'lgandan so'ng terma jamoa ixtiyoriga etib kelishadi.

Futbolchilar mashg'ulotning dastlabki 15 daqiqasida engil tartibda shug'ullanishdi.

Babayan mashg'ulot avvalida odatga ko'ra barcha futbolchilarni yig'di va ulardan o'zlarini qanday his qilayotishganini so'radi. Hech kimda jarohat yo'q shekilli, birorta futbolchi jarohati bilan bog'liq shikoyat qilmadi.

Mashg'ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV xodimlari uchun ochiq bo'ldi.

Bugungi mashg'ulotda ishtirok etgan futbolchilar ro'yxati:  

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”).

Himoyachilar: Egor Krimec (“Beyjin Goan” – Xitoy), Anzur Ismoilov (CHangchun Yatay – Xitoy), Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Stanislav Andreev (“Paxtakor”), Otabek SHukurov (“Bunyodkor”).

Yarim himoyachilar: Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Eldor SHomurodov (“Bunyodkor”), Server Jeparov (“Lokomotiv”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”).

Hujumchi: Igor Sergeev (“Beyjin Goan” – Xitoy).


Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика