So’nggi yangiliklar

19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  2 19:00Суперлига. "Насаф" - "Бухоро" 4:0 (матнли трансляция)  22 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  3 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  17 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  9 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  0 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  5 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  18 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  2 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  2 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  4 13:19Роналду 30га кирганидан сўнг Португалия сафида 89 та гол урди  18 12:37Ибраима Конате "Ливерпуль"га уч марта "йўқ" деди. Клуб унинг "Реал"га ўтишига кўниб бўлди  11 12:15Бразилия ЖЧ саралашида 5-ўринни эгаллади – бу тарихидаги энг ёмон натижа  4

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisiga Superliga, Koreya va arab jamoalari qiziqmoqda Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisiga Superliga, Koreya va arab jamoalari qiziqmoqda

O'zbekiston terma jamoasi va Qatarning "As Sayliya" klubi hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqovga bir qator jamoalar xaridor.

Oxirgi yillarda faoliyatini Qatarda davom ettirayotgan hujumchimiz Temurxo'ja Abduxoliqovni "As Sayliya" bilan amaldagi bitimi 30 iyun kuni tamom bo'ladi. Tomonlar agarda yangi kelishuvga erishishsa, unda Abduxoliqov faoliyatini Qatarda davom ettirishi mumkin. Aks holda O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi faoliyatini Janubiy Koreya yoki arab davlatlaridan birida davom ettirish ehtimoli yo'q emas. SHuningdek, Abduxoliqovga Superliga klublaridan ham jiddiy qiziqish va takliflar mavjud.

Bu borada biz Temurxo'ja Abduxoliqov bilan bog'langanimizda, futbolchi ushbu xabarni tasdiqladi. Abduxoliqovning takidlashicha, ko'p narsa Ramazon oyidan keyin malum bo'ladi. Ayni paytda Qatarda chempionat tugagan va jamoalar tanaffusga yo'l olishgan. Abduxoliqov unga bir qator variantlar mavjudligi, xususan Janubiy Koreya va arab jamoalaridan jiddiy chaqiruvlar bo'layotganini tasdiqladi. SHuningdek, Superligadan ham chorlov bo'layotganini inkor etmadi.

Eslatib o'tamiz, qishda Temurxo'ja Abduxoliqovga "Paxtakor"dan taklif bo'lgan, ammo hujumchining "As Sayliya" bilan o'rtadagi bitimi borligi sababli ushbu transfer amalga oshmay qolgandi.

Reyting: +62   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика