O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi AGMKga o'tadi
23 jan 2019 07:00
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi AGMKga o'tadi
O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor"ning o'ng qanot himoyachisi Akmal SHorahmedov faoliyatini boshqa klub bilan bog'lamoqchi.
O'tgan mavsum "Nasaf"dan "Paxtakor"ga o'tgan Akmal SHorahmedov yangi mavsumdan etiboran AGMK sharafini himoya qilishi kutilmoqda. Mirjalol Qosimov qo'l ostiga o'tgan AGMK jamoasi OCHLda o'z oldiga guruh bosqichiga chiqish vazifasini qo'ygan. SHunga monand jamoa tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda. "Bunyodkor"da o'ynagan Akmal SHorahmedovning imkoniyatlarini yaxshi biladigan murabbiy shogirdini Olmaliqqa chorlamoqda. SHorahmedov ham AGMK safiga borib qo'shilishga qarshi emas. Tez orada futbolchi rasman AGMK libosini kiyishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar
19:23
Maksim SHackix: "Asosiysi keyingi bosqichga yo'l oldik. O'yin haqida esa gapirishni istamayman" 13
Fikrlar