So’nggi yangiliklar

01:55"Челси" "Бетис"ни йирик ҳисобда мағлуб қилиб, Конференциялар лигасида ғолиб чиқди!  28 01:45U21 биринчилиги. "Сўғдиёна" "Бухоро"ни, "Навбаҳор" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди ва бошқа натижалар (ЖАДВАЛ)  1 01:01Килиан Мбаппе "Реал"даги биринчи мавсумини баҳолади  3 23:31Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Францияга қарши ўйин олдидан йиғинларни бошлади  1 22:47“CAFA U-17 Championship 2025”. Ўзбекистон ўсмирлари Эронга қарши фантастик камбэк қайд этиб, финалга йўл олишди!  8 22:24Ямал "Барса" сафида 2031 йилгача ўйнайди! Супер юлдузнинг янги шартномаси ҳақида (мутолаа учун)  8 21:49"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб олишни истамоқда. Футболчи ҳам рози  2 21:25Лаутаро Мартинес "Барселона"га қарши жароҳат билан ўйнаганини айтиб берди  2 21:02Миллий терма жамоа Жаҳон чемпионати йўлидаги охирги йиғинни бошлади  6 20:42"Ман Юнайтед" Малайзиядаги йиғинда Жануби-Шарқий Осиё юлдузлар жамоасига ютқазди  2 20:20Марадона мухлислари футболчининг ўлимида айбланаётган шифокорга ҳужум қилишди  3 20:05Ўзбекистон миллий терма жамоасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ   5 19:45Игорь Сергеев: "Астойдил тайёрланамиз ва шунга монанд жанг қиламиз"  27 19:35Ислом Тўхтахўжаев: "БААдан байрамона кайфиятда қайтиш насиб қилсин"  12 19:25Францияга қарши ўйнайдиган Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  1

O'zbekiston Superkubogi – 2020: “Bunyodkor W” – “Sevinch”. PREVYU Yangiliklar

O'zbekiston Superkubogi – 2020: “Bunyodkor W” – “Sevinch”. PREVYU

Bu yilgi mamlaktimiz ayollar futbolining yangi mavsumi ham Superkubok bahsi bilan boshlanmoqda.

Mamlakatimiz ayollar futboli tarixida 6-marta o'tkazilayotgan bu yilgi Superkubok bahsiga Jizzax viloyatining Zomin shahri mezbonlik qiladi.

Superkubok uchrashuvi 29 iyun dushanba kuni soat 18:00da boshlanadi.

Ayollar o'rtasidagi O'zbekiston Superkubogi tarixiga nazar tashlaymiz. Ayollar Superkubogi ilk marta 2015 yili o'tkazilgan. Unda uchrashuvlar ikki marta, uy va safar uchrashvlaridan iborat bo'lgan. Ayollar futboli tarixida “Sevinch” ilk marta Superkubok sohibi bo'lgan. 2016 yildan esa Superkubok uchrashuvi bitta qilib, belgilab qo'yildi. Hozircha Superkubokni mamlakatimiz ayollar futbolida ikki jamoa, ikki martadan qo'lga kiritgan. Bular “Sevinch” (2015, 2017 y.) hamda “Metallurg W” (2016, 2018 y.) jamoalaridir. “Bunyodkor W” jamoasi esa amaldagi Superkubok sohibi hisoblanadi.



Quyida ayollar o'rtasidagi o'tkazilgan Superkubok bahslarining natijalarini etiboringizga havola qilamiz.

I O'zbekiston Superkubogi. Dastlabki uchrashuv
“Metallurg W” (Bekobod) – “Sevinch” (Qarshi) 0:3
16.04.2015. Bekobod shahri. “Metallurg” stadioni.
Gollar:
Saida Xandamova, 23-0:1, Kamola Riskieva, 61-0:2, Mariya Moiseeva, 70-0:3.

I O'zbekiston Superkubogi. Javob uchrashuvi
“Sevinch” (Qarshi) – “Metallurg W” (Bekobod) 1:1
23.04.2019. Qarshi sh., “Geolog” stadioni.
Gollar
: Zebo Jo'raeva 20 – 1:0 – Moxigul Ikromova 22 – 1:1

II O'zbekiston Superkubogi
“Sevinch” (Qarshi) – “Metallurg W” (Bekobod) – 0:1 (0:0).
26.04.2016 yil. Toshkent. “JAR” stadioni.
Gol:
Dildora Nozimova, 50.

III O'zbekiston Superkubogi
“Sevinch” (Qarshi) – “Metallurg W” (Bekobod) 5:1 (2:1)
17.04.2017. “JAR” stadioni.
Gollar:
Nilufar Qudratova, 40′-1:1, SHaxnoza Qurbanova, 60′-3:1, Malika Burxanova, 44′-2:1, 61′-4:1, SHaxzoda Jamolova, 69′-5:1 – Feruza Turdiboeva (pen.), 3′-0:1.

IV O'zbekiston Superkubogi
“Bunyodkor W” (Toshkent) – “Metallurg W” (Bekobod) 1:2 (1:1)
28.03.2018. “JAR” stadioni.
Gollar:
Lyudmila Karachik (41) – Luiza Sadirova (33-o'z darv.), Nozimaxon Ergasheva (70).

V O'zbekiston Superkubogi
“SEVINCH” – “BUNYODKOR W” 0:1 (0:0). 2178 tomoshabin
12.04.2019. “JAR” stadioni. 16:00da
Gol:
Mahliyo Sarikova, 79’-0-1
Amalga oshirilmagan penalti (Sevinch): Maftuna Panjieva (63). 



Guvohi bo'lganingizdek, "Sevinch" sobiq futbolchisi Saida Xandamova ayollar futbolidagi Superkubok bahslaridagi tarixiy 1-gol mualllifi hisoblanadi. Mahliyo Sarikova esa so'nggi gol muallifi bo'lgan. Superkubok bahslarida eng ko'p gol kiritgan jamoa – «Sevinch» hisoblanadi (9ta).

Bo'lib o'tgan bahslarda eng ko'p FIFA referisi Edita Mirobidova boshqargan. Ilk bahsni esa, FIFA referisi Anna Sidorova boshqargan.

Toshkentning “Bunyodkor W” jamoasi o'z tarixida uchinchi marta Superkubok uchun bahs yuritadi. “Sevinch” esa bunday bellashuvda o'z baxtini beshinchi marta sinab ko'radi. "Sevinch" futbolchilaridan Maftuna SHoyimova va Nilufar Qudratova jamoa ishtirokidagi bo'lib o'tgan barcha Superkubok bahslarida ishitrok etishgan futbolchilar sanalishadi.

Yuqoridagi malumotlardan ko'rinib turibdiki, hozircha O'zbekiston Superkubogida ishtirok etayotgan jamoalar soni uchtani tashkil etadi. Bular “Sevinch”, “Metallurg W” va “Bunyodkor W” jamoalaridir.

Bu galgi Superkubokning nominal mezboni “Bunyodkor W” jamoasi bo'ladi. “Sevinch” esa mehmon jamoa maqomida maydonga tushadi.

Siz, “Sevinch” va “Bunyodkor W” jamoalari o'rtasidagi o'yinda, erkaklar futbolida uchramaydigan qiziqarli voqealar guvohiga aylanishingiz mumkin. O'tkazib yubormang!




VI O'zbekiston Superkubogi
“BUNYODKOR W” – “SEVINCH”
29.06..2020. Zomin sh., “Zomin” stadioni. 18:00da
Bosh hakam:
Rahimbek Karimov
Qanot hakamlari: Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov
Zaxira hakami: Doston Rahmonov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Nigora Abidova



«Sevinch» PFK matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика