So’nggi yangiliklar

03:11АПЛ. МЮ икки марта ҳисобда олдинга чиқиб ҳам ғалабани ушлаб қола олмади  0 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0 18:19Нойер жароҳат олди  7

O'zbekiston MTJ Dubay yig'inini yirik mag'lubiyat bilan yakunladi Yangiliklar

O'zbekiston MTJ Dubay yig'inini yirik mag'lubiyat bilan yakunladi

O'zbekiston terma jamoasining Belarus chempioni Soligorskning "SHaxtyor" klubiga qarshi o'yinni bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin. 


O'zbekiston - "SHaxtyor" (Soligorsk) - 0:3 

Gol: Szoke 12 , 0:1 , 34 Okeuxi 47, SHindagoridze, 55

CHetlatish: Yuriy Kendish, 34

O'zbekiston: 1.Botirali Ergashev, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Farruh Sayfiev, 5.Igor Golban, 7.Odil Hamrobekov, 8.Nurillo To'xtasinov, 13.Sanjar Qodirqulov, 6.Husniddin G'ofurov, 17.Hojimat Erkinov, 21.Mirjahon Mirahmadov, 23.Husniddin Aliqulov.
Zaxira: Abduvohid Nematov, Islom Qobilov, Islom To'xtaxo'jaev, IbrohimHalil Yo'ldoshev, Akmal Mozgovoy, Murod Xolmuhammedov, Azizbek Turg'unboev, Oybek Bozorov.

"SHaxtyor": 30.Gutor, 99.SHevchenko, 21.Filipenko, 20.Sachivko, 5.Antich, 27.Szoke, 77. Yuriy Kendish, 11.Diasamidze, 33.Okeuxi, 22.Stasevich, 88.Darbo.
Zaxira: CHernik, Belov, Malashickiy, Politevich, Xadarkevich, Begunov, Makarenko, Sotnikov, Korzun, Kunskiy, Ivanovich, Axmedi, Podstrelov, SHahzod Ubaydullaev, SHIndagoridze, Debelko.




YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. Terma jamoamiz "SHaxtyor"ga (Soligorsk) yirik hisobda mag'lub bo'ldi. Navbatdagi o'yinlarga qadar omon bo'ling! O'zingizni sog'lig'ingizni asrang!

So'nggi daqiqalar yaqinlashib borgani sari hujumkorlikni oshirmoqdamiz. Otni vaqtliroq qamchilash kerak edi. 

Vakillarimiz hujumni kuchaytirmoqda! Gol ko'ramizmi?

Faqat to'p nazoratini ushlash bilan samara bo'layotgani yo'q. 

Himoyamiz juda tartibsiz. "SHaxtyor" to'rtinchi golni urishi mumkin edi. 

Yigitlar qolgan daqiqalarda sizni qo'llab-quvvatlayotgan O'zbekiston xalqi uchun o'ynang! Muxlislar uchun to'p teping!

Mayli o'rtoqlik uchrashuvi bo'lsa ham vatan shani uchun jon kuydirib kurashish kerak. Bunday o'yin bilan biz yuqori marralarni ko'zlay olmaymiz. 

Terma jamoamiz futbolchilarida shasht va ishtiyoq tushib ketgani yaqqol sezilib turibdi. 

"SHaxtyor" tarkibida o'zbekistonlik hujumchi SHahzod Ubaydullaev maydonga tushdi. 

58. O'ZGARISH. Odil Hamrobekov va Sanjar Qodirqulov zaxiraga olindi. Aziz Turg'unboev va Akmal Mozgovoy maydonga tushdi. 

OGOXLANTIRISH. Ibrohimhalil Yo'ldoshevga sariq kartochka ko'rsatildi. 

55. GOL. "SHaxtyor" uchinchi golni urdi. Nimalar bo'lyapti, hech kim tushunayotgani yo'q. Uyg'oninglar yigitlar! Gol muallifi zaxiradan o'yinga qo'shilgan SHindagoridze

Vadim Abramov ikkinchi goldan so'ng Botirali Ergashevni almashtirdi. O'yinni Abduvohid Nematov davom ettiradi. 

47. GOL. Afsuski, "SHaxtyor" uchrashuvda ikkinchi golni urmoqda. Botirali Ergashev to'pni oshirishda xatoga yo'l qo'ydi. Darvozabonimizning xatosidan so'ng raqib to'pni egallab oldi va markazga oshirdi. To'pni qabul qilib olgan Okeuxi osonlikcha gol urdi. 

O'zaro kelishuvga ko'ra, qizqil kartochka olgan futbolchining o'rniga boshqa futbolchi maydonga tushdi. 

Ikkinchi bo'limga start berildi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

SEEEEEYV. BOTIRALI ERGASHEEEEV. Darvozabonimiz muqarrar goldan qutqarib qoldi. "SHaxtyor" ikkinchi golni urishga juda juda yaqin keldi. 

Terma jamoamiz qolgan daqiqalarda bir kishi ko'p bo'lib harakat qilishadi. 

34. QIZIL KARTOCHKA. Iordaniya bilan o'yin secenariysi takrorlanmoqda. Bu safar "SHaxtyor" futbolchisi Yuriy Kendish maydondan chetlatildi. Qiziq holat. 

Vakillarimizga biroz agressivlik etishmayapti. Xuddiki, yarim kuch bilan o'ynashayotgandek taassurot qoldirishmoqda. 

Himoyamizda palapartishlik ko'p bo'lmoqda. Soligorskliklar yana bir qulay imkoniyatdan foydalana olishmadi. 

ZARBAAAA. UXXXX. Terma jamoamiz futbolchisining boshi bilan yo'llagan zarbasini raqib posboni qiyinchilik bilan qaytardi.

O'yin davom etadi. Futbolchilarimiz kuchli pressing uyushtirmoqda.

12. GOL. "SHaxtyor"ning 27-raqamdagi futbolchisi Szoke uchrashuvda hisobni ochmoqda. Jarimadan uzatilgan to'pdan so'ng terma jamoamiz himoyasida tartibsizlik yuzaga keldi, bundan raqib futbolchisi foydalanib to'p kiritdi, 0:1. 

"SHaxtyor"ning hujumini himoyachilarimiz bartaraf etdi. 

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv O'zbekiston vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.

Reyting: -161   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика