So’nggi yangiliklar

15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  8 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  8 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4

O'zbekiston – Saudiya Arabistoni o'yini oldidan Marat Bikmaev qanday fikrda? Yangiliklar

O'zbekiston – Saudiya Arabistoni o'yini oldidan Marat Bikmaev qanday fikrda?

Xabaringiz bor, bir necha soatlardan so'ng O'zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistonida mezbonlarga qarshi muhim uchrashuvni o'tkazadi.

 Bo'lajak bahs yuqori ahamiyat kasb etishini inobatga olib, o'z vaqtida milliy terma jamoamiz tarkibida ko'plab uchrashuvlarda ishtirok etgan Marat Bikmaevning fikrlarini bilishga qiziqdik. Bugungi kunda Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi sharafini himoya qilayotgan tajribali futbolchi, avvaliga intervyu berishni istamadi. Ammo suhbat MTJ o'yini xaqida o'tishini bilib, keyin rozilik berdi. 

- Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi muhim uchrashuvini o'tkazadi. Bo'lajak o'yin oldidan fikringizni bildirib o'tsangiz?

- Mazkur bahs juda muhimligini barcha yaxshi tushunib turibdi. O'yin oson o'tmasligi aniq. Bugun terma jamoamiz kuchli raqibga qarshi safarda o'ynaydi. Saudiya Arabistoni terma jamoasi vakillari mezbon sifatida biroz bosim ostida o'ynashini hisobga olsak, bu borada ustunlikka egamiz. Har bir o'yinda yigitlar faqat natija uchun kurashib kelmoqda. Menimcha bugun natija degan fikrni miyadan chiqarib yuborib o'ynash foydadan xoli bo'lmaydi. Natijani o'ylab maydonga tushadigan bo'lsak, bosim kuchayadi. Erkin xarakat qilish kerak. Menimcha bugun qaysi terma jamoa ruhiy tomondan kuchli bo'lsa o'sha yutadi. Umid qilamanki, terma jamoamiz bugun g'alaba bilan xalqimizni xursan qiladi. 

- O'zbekiston milliy terma jamoasining oxirgi o'tkazgan ikkita o'yinidan kelib chiqib, aytadigan bo'lsak, sizningcha bugun tarkibda qanday o'zgarishlarni ko'rishimiz mumkin?

- Buni avvalo murabbiy hal qiladi. Yamanga qarshi kechgan uchrashuvda bosh murabbiy menimcha etakchi o'yinchilarimizga dam berib, Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinga saqlab olib qo'ygan. Terma jamoamizga kuchli futbolchilar taklif etilgan. Ularning har biriga ishonaman. Ularga faqat omad tilayman.

- Bugungi o'yinda qanday hisob qayd etilishini kutyapsiz?

- To'g'risi uchrashuvlardan oldin hisobni bashorat qilishni istamayman. Muhimi g'alaba bo'lsin. 

Muhammadjon suhbatlashdi. 

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика