So’nggi yangiliklar

15:38Ўзбекистон МТЖ собиқ аъзоси "Шўртан" мураббийлар штабидан жой олади  0 15:16"Манчестер Сити" футболчиси сафдан чиқди  0 14:49"Бунёдкор" стадионида аёллар ўйнайди: Суперлига баҳси "Дўстлик"ка кўчди  0 14:33Қониқарсиз натижалар "Локомотив" мураббийларини лавозимидан маҳрум этди  2 14:04Қашқадарё вилояти футбол академияси футболчилари "Насаф" қароргоҳида бўлди  0 13:38"Престон" ноодатий ҳамкорликни эълон қилди  0 13:11"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми?  4 12:49Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди  0 12:20Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди  0 11:52"Ғаройиб одамлар" фильми режиссёри "Брентфорд" эгаларидан бирига айланмоқчи  0 11:20Тареми Теҳронни тарк этди  3 10:43Томас Мюллер: “МЛСга ўтишим эҳтимолдан холи эмас”  1 10:06"Пахтакор" Қаршида 3 йилдан буён гол ура олмаяпти  16 09:36Эшитдик-да! Ислом Исмоилов тез орада "Нефтчи"да иш бошлайди  35 09:23Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ильгиз Танташев бошқарган учрашувда "Интер" "Ривер Плейт"ни енгиб кейинги босқичга йўл олди  4

O'zbekiston - Qirg'iziston 3:1. Ikkinchi taymda qo'lga kiritilgan g'alaba Yangiliklar

O'zbekiston - Qirg'iziston 3:1. Ikkinchi taymda qo'lga kiritilgan g'alaba

O'zbekiston - Qirg'iziston o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

 

O'rtoqlik uchrashuvi
9 noyabr (shanba)
O'ZBEKISTON – QIRG'IZISTON 3:1
"Paxtakor"
stadioni | 17:00
Bosh hakam: Bastian Dankert (Germaniya).
Yordamchi hakamlar: Yan Zaydel (Germaniya), Rene Rode (Germaniya).
Zaxira hakami: Ilgiz Tantashev (O'zbekiston). 

Gollar: Igor Sergeev 10, - 1:0. Farxat Musabekov 29, - 1:1. Dostonbek Hamdamov 53, - 2:1. Jamshid Iskanderov 80, - 3:1.

O'zbekiston: 1.Eldorbek Suyunov, 14.SHarof Muhitdinov, 20.Islom To'xtaxo'jaev (5.Rustamjon Ashurmatov, 46), 9.Odil Ahmedov, 15.Murod Xolmuhammedov (3.Hojiakbar Alijonov, 64), 7.Odil Hamrobekov (6.Lutfulla To'raev, 58), 2.Abror Ismoilov (8.Ikromjon Aliboev, 46), 13.Sanjar Qodirqulov, 4.Xurshid G'iyosov (22.Jamshid Iskanderov, 70), 19.Azizbek Turg'unboev (17.Dostonbek Hamdamov, 46), 21.Igor Sergeev.
Zaxira: 12.Sanjar Quvvatov, 16.Abdumavlon Abdujalilov, 23.Oleg Zoteev, 18.Sardor Sobirxo'jaev, 10.Jaloliddin Masharipov, 11.Humoyun Murtozaev.

Qirg'iziston: 1.Pavel Matyash, 3.Tamirlan Kozubaev, 4.Mustafa Yusupov, 8.Guljigit Alikulov, 9.Edgar Bernxardt (20.Baxtiyor Duyshobekov, 63), 10.Mirlan Murzaev (18.Qayrat Jirgalbek Uulu, 63), 11.Bekjan Saginbaev (14.Aleksandr Mishchenko, 63), 12.Odiljon Abdraxmanov, 17.Akramjon Umarov (7.Azamat Baymatov, 74), 19.Vitaliy Lyuks (15.Murolimjon Ahmedov, 7), 21.Farxat Musabekov (23.Ahliddin Isroilov, 64).
Zaxira: 13.Qutman Kadirbekov, 16.Vitaliy Kashuba.


MATNLI TRANSLYACIYA 



90+3. O'YIN TUGADI. O'zbekiston o'rtoqlik uchrashuvida Qirg'izistonni mag'lub etdi

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi  

84. ZARBA! Mehmonlarning hujumi, Suyunov o'z o'rnida

80. O'ng qanotdan hujumga o'tgan Hamdamovning uzatgan to'pini Iskanderov aylanma zarba bilan darvozaning uzoq burchagiga joylab qo'ydi - 3:1.

80. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! JAMSHID ISKANDEROV 3:1


77. Qirg'iziston terma jamoasi ketma ket ikkita jarima to'pini amalga oshirishdi, ikkala safar ham himoyachilarimiz to'pni qaytarishdi

74. O'zgarish. Qirg'iziston. Akramjon Umarov o'rniga Azamat Baymatov tushdi

70. O'zgarish. O'zbekiston. Xurshid G'iyosov o'rniga Jamshid Iskanderov tushdi

64. O'zgarish. O'zbekiston. Xolmuhammedov o'rniga Alijonov tushdi

64. Qirg'iziston terma jamoasi safida bir yo'la 4ta o'zgarish sodir bo'ldi.

59. ZARBAAAA! Xolmuhammedovning havodan uzatgan to'pini Sergeev darvozaga yo'lladi, Matyash ajoyib seyv namoyish etdi

58. O'zgarish. O'zbekiston. Odil Hamrobekov o'rniga Luftulla To'raev tushdi

57. ZARBA! Mehmonlarning hujumidan so'ng Suyunov to'pni ushlab oldi

53. Odil Ahmedovning aqlli pasidan so'ng Dostonbek Hamdamov jarima maydoni ichida to'pni to'xtatib oldi va gol urdi - 2:1

53. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DOSTONBEK HAMDAMOV 2:1


46. Ikkinchi taym boshlandi

46. Ikkinchi taym avvalida O'zbekiston tarkibida uch nafar o'zgarish sodir bo'ldi. To'xtaxo'jaev o'rniga Ashurmatov, Ismoilov o'rniga Aliboev, Turg'unboev o'rniga Hamdamov tushdi


45+1. Birinchi taym tugadi hozircha 1:1

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

44. Turg'unboev ikki marta jarima to'pini amalga oshirdi, foydasi yo'q

37. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! QANDAY QILIB!? Turg'unboev hozir bo'sh darvozaga aniq zarba bera olmadi!

36. Turg'unboev o'ng qanotdan oldinga o'tdi, ammo sheriklariga aniq pas bera olmadi

34. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA! Xolmuhammedovdan qoyilmaqom pas, Qodirqulovning bosh bilan yo'llagan zarbasini posbon qaytardi!

29. GOL! 1:1. Burchak to'pidan so'ng Farxat Musabekov yaqin masofadan kuchli zarba berdi, Suyunov to'pni qaytardi, ammo to'p baribir chiziqni kesib o'tgandi - 1:1.

26. Xolmuhammedovdan ajoyib pas, ammo Turg'unboev to'pni o'ziga o'nglab olishda xatoga yo'l qo'ydi va zo'r hujumni uzib qo'ydi

24. ZARBA! Igor Sergeev qulay imkoniyatdan foydalana olmadi

21. Zarba! Saginbaevning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi anchagina noaniq ketdi

10. O'ng qanotdan hujum boshladik, Azizbek Turg'unboev jarima maydoniga, Abror Ismoilov esa darvoza maydonchasiga uzatdi, darvozabondan o'tgan to'pni Igor Sergeev bo'sh darvozasiga joylab qo'ydi - 1:0. 

10. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! IGOR SERGEEV 1:0

9. O'zgarish. Qirg'iziston. Vitaliy Lyuks o'rniga Murolimjon Ahmedov tushdi

5. Qirg'iziston terma jamoasi hujumchisi Vitaliy Lyuks ilk daqiqalardan qo'lidan jarohat oldi. Uni almashtirishadi, afsus... Lyuks Germaniya quyi ligasidagi "Ulm 1846" klubi azosi hisobalanadi.

4. UXX! Ahmedovning himoyadan chap qanotga uzatgan to'pini Xurshid G'iyosov to'xtatishga xatoga yo'l qo'ydi, aks holda juda xavfli vaziyat sodir bo'lardi...

1. O'YIN BOSHLANDI! OLG'A O'ZBEKISTON!


16:56. Navbat O'zbekiston davlat madhiyasiga, barchamiz birgalikda

16:55. Qirg'iziston davlat madhiyasi yangramoqda

16:53. Diqqat qiling ikkala jamoa futbolchilari maydonga tushib kelishmoqda! 

16:40. O'zbekiston va Qirg'iziston terma jamoasi azolari chigalyozdi mashg'ulotlarini bajarib bo'lishdi va kiyim almashtirish xonasiga kirib ketishdi.

16:38. Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari, O'zbekiston terma jamoasining navbatdagi o'yini boshlanmoqda va championat.asia sayti sizlarga tarixiy "Paxtakor" stadionidan matnli translyaciyani taqdim etadi.

- Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi. 


Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика