So’nggi yangiliklar

15:52"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди  0 15:15Факт: "Нефтчи" 17 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни юта олмаяпти  0 14:52“Нефтчи” академияси фаолиятини бошламоқда!  1 14:20Месси туғилган кунини нишонлади, Араухо уйланди, ПСЖда "ойлик чиқди". Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  3 14:10Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз"  1 13:54"Динамо" бир киши кам бўлиб "Қўқон-1912"ни ютган учрашувдан галерея  2 13:28Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди  0 12:56Милан Митрович: “Футбол ҳаётга ўхшайди — ҳамма нарса режадагидек кетавермайди”  1 12:50Симоне Инзаги: "Пеп Гвардиола - энг зўри"  2 12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  11 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  2 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  1 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  6 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  14 10:20“Рома“ ҳужумчисига Россиядан таклиф бор  0

O'zbekiston ketma-ket ikkinchi o'yinda g'alaba qozondi Yangiliklar

O'zbekiston ketma-ket ikkinchi o'yinda g'alaba qozondi

O'zbekiston hamda Qatar terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'rtoqlik uchrashuvi
O'zbekiston - Qatar 2:0
Soat 19:00, "Milliy" stadioni
Hakamlar: 
CHorimurod Qurbonov, Axmet Beknazarov, Berdimamet Atdiev (uchalasi Turkmaniston)

Zaxira hakami: Jasur Muxtorov (O'zbekiston)

Gollar: Odil Ahmedov 72, - 1:0. Marat Bikmaev 85, - 2:0.

O'zbekiston: 30.O'tkir Yusupov, 2.Akmal SHorahmedov, 31.Egor Krimec (4.Dostonbek Tursunov, 64), 5.Anzur Ismoilov, 13.Oleg Zoteev, 15.Odil Hamrobekov, 9.Odil Ahmedov (20.Islom To'xtaxo'jaev, 90+1), 6.Husniddin G'ofurov (17.Dostonbek Hamdamov, 46), 22.Javohir Sidiqov, 8.Ikrom Aliboev (19.Vladimir Kozak, 83), 14.Eldor SHomurodov (10.Marat Bikmaev, 76).

Zaxira: 1.Ignatiy Nesterov, 12.Roman Abdulov, 7.Azizbek Haydarov, 16.Otabek SHukurov, 18.Davronbek Hoshimov, .

Qatar: 21.Yusuf Hassan, 6.Abdulaziz Hatim Muhammad, 10.Hassan Al Haydos, 12.Karim Budiaf, 13.Sulton Hussayn, 15.Bassam Husam Al Ravi, 17.Muhammad Musa, 18. Abdulkarim Salim, 19.Al Moez Ali, 26.Toriq Salmon, 28.Assim Umar.

Zaxira: 31.Jassim Odil, 22.Muhammad Ahmad, 5.Ahmad Fothi Abdulla, 7.Ahmad Abdilmutal, 8.Ahmad Duzande, 9.Hassan Yahyo, 14.Salim Al Hajri, 20.Abdulloh Abdusalom, 23.Muhammad Abdilmutal, 24.Abdulrahmon Mustafo, 27.Ali Avad Bujaluf.



Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyaini kuzatib borish mumkin. 


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+4. O'YIN TUGADI. O'zbekiston terma jamoasi Qatarni 2:0 hisobida mag'lub etdi

90+1. O'zgarish. O'zbekiston. Odil Ahmedov o'rniga Islom To'xtaxo'jaev tushdi

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shildi

86. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! DOstonbek Hamdamov birga bir vaziyatda to'pni yuqoriga tepdi!

85. Odil Ahmedovning pasidan so'ng Bikmaev birga bir vaziyatga chiqib borib to'pni darvozabon ustidan tashlab qo'ydi - 2:0.

85. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! AJOYIB GOOOOOOOOOOOL! MARAT BIKMAEEEEEEEV! 2:0

83. O'zgarish. O'zbekiston. Ikrom Aliboev o'rniga Vladimir Kozak tushdi

78. Odil Ahmedovning golini tomosha qiling: KANALGA O'TISH

76. O'zgarish. O'zbekiston. Eldor SHomurodov o'rniga Marat Bikmaev tushdi

75. UXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXXX! OLEG ZOTEEVGA QOYIL! U to'pni darvoza chizig'i ustida qaytardi!

72. O'ng qanotdan Akmal SHorahmedov uzatgan to'pni Odil Ahmedov markaziy hujumchilardek boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:0. 

72. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ODIL AHMEDOOOOOOOOOOV! 1:0

69. UXXXXXXXXXXXXXX! Odil Ahmedov birga bir vaziyatda to'pni darvozaga yo'llay olmadi!

64. O'zgarish. O'zbekiston. Egor Krimec o'rniga Dostonbek Tursunov tushdi

58. Stadionga kelgan taxminan 10 ming tomoshabin terma jamoamizdan gol kutmoqda

53. UXXXXX! Sal qolsa qatarliklar hisobni ochishlari mumkin edi, yaxshiyam zarba aniq chiqmadi

51. Qanday xato! Akmal SHorahmedov o'z qanotida xatoga yo'l qo'ydi natijada raqiblar burchak to'pi ishlab olishdi

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. O'zbekiston. Husniddin G'ofurov o'rniga Dostonbek Hamdamov tushdi


Saytimizning telegramdagi kanalida O'zbekiston - Qatar uchrashuvidan audio translyaciya davom etmoqda. KANALGA O'TISH

45+2. Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha 0:0

45+2. Qatarliklar jarima to'piga ega bo'lishdi. ZARBA! Havodan uzatilgan to'pni Karim Budiaf darvozaga yo'lladi, noaniq!

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shib berildi

43. Birinchi bo'limda tashabbus va ustunlik O'zbekiston tomonida bo'ldi. Bir qator hujumlarimiz aniq zarba bilan tugamadi

39. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA! OLEG ZOTEEV! Jarima maydoniga kirib borgan himoyachimizning zarbasini darvozabon qaytardi!

38. ZARBAA! Abdulaziz Hatim Muhammadning zarbasi darvoza ustuniga tegib maydonni tark etdi!

30. Xavfli vaziyat! Aliboevning oshirgan to'pini SHomurodov darvozaga yo'lladi, noaniq. Bundan tashqari o'yindan tashqari holat ham bor ekan

26. UXXX! Raqib posboni hozir xatoga yo'l qo'ydi, Javohir Sidiqov esa zarba bera olmadi.

25. ZARBAA! Ahmedovning aniq zarbasini darvozabon qaytardi

25. Xavfli vaziyat! Oleg Zoteev chap qanotdan oldinga borib zarba berdi, noaniq

22. ZARBAAA! Sidiqov jarima maydoni yonidan chap oyog'i bilan zarba berdi, to'pni darvozabon qaytardi!

20. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan Sidiqov to'pni havolatib jarima maydoniga uzatdi, himoyachilar to'pni qaytarishdi

12. Qatarliklarning xavfli hujumi, Al Moez Ali jarima maydonimiz ichida yiqildi, bosh hakam penalti yo'qligini ko'rsatdi

10. Tashabbus O'zbekistonda, faqat gol etishmayapti

6. Ikrom Aliboev burchakka yaqin joyda raqib himoyachisi tomonidan qo'pollik bilan to'xtatildi, jarima to'piga ega bo'ldi. Berilgan zarba jonli devorga tegib qaytdi

3. Xavfli vaziyat! Jarima zarbasidan keyin oshirilgan to'pni Anzur Ismoilov boshi bilan darvozaga yo'lladi, hakamlar himoyachimiz o'yindan tashqari holatda qolib ketdi deb topishdi

2. Saytimizning telegramdagi kanalida O'zbekiston - Qatar uchrashuvidan audio translyaciya boshlandi. KANALGA O'TISH

1. O'YIN BOSHLANDI! OLG'A O'ZBEKISTON!!!

- O'zbekiston davlat madhiyasi! Barcha birgalikda!

- Qatar davlat madhiyasi yangramoqda

- Diqqat qiling jamoalar maydonga tushib kelishmoqda

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.




Reyting: +123   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика