So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  1 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  5 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  2 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  3 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  10 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  15 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

O'zbekiston OTJ Indoneziyaga qanday tarkib bilan uchib ketishi malum bo'ldi Yangiliklar

O'zbekiston OTJ Indoneziyaga qanday tarkib bilan uchib ketishi malum bo'ldi

O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan olimpiya terma jamoasining bo'lajak musobaqalarda, xususan 2020 yil Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.

Tayyorgarlik doirasida turli yig'inlar uyushtirilib, O'zbekiston olimpiya terma jamoasining xalqaro musobaqalarda ishtiroki taminlanmoqda.

Jumladan, 2018 yil 27 apreldan 3 maygacha Indoneziyaning CHibinong shahrida Indoneziya futbol associaciyasi tashkil etilganining 88 yilligiga bag'ishlangan “PSSI 2018 – Yubiley kubogi” o'tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu musobaqada Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi bilan birgalikda Indoneziya, KXDR hamda Bahrayn terma jamoalari ishtirok etadi. Ayni vaqtda bu musobaqa joriy yilning avgust oyida boshlanadigan Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik vazifasini ham o'taydi.

Ushbu musobaqaga tayyorgarlikni O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun 23 apreldan “CHig'atoy” sport bazasida boshlaydi. “Yubiley kubogi”ga olimpiya terma jamoasi quyidagi tarkibda yo'l olmoqda:

Darvozabonlar:
Botirali Ergashev – “Navbahor”
Umidjon Ergashev – “Nasaf”

Himoyachilar:
Husniddin Aliqulov – “Mashal”
Husniddin G'ofurov – “Neftchi”
Abubakr Muydinov – “Bunyodkor”
Hojiakbar Alijonov – “Paxtakor”
Ilxomjon Alijonov – “Surxon”
Doniyorjon Narzullaev – “Nasaf”
Avazbek O'lmasaliev – “Neftchi”

Yarim himoyachilar:
Abdulla Abdullaev – “Bunyodkor”
Sanjar Qodirqulov –“ Bunyodkor”
SHarof Muhitdinov – “Nasaf”
Suxrob Nurulloev – “Metallurg”
Oybek Rustamov – “Qo'qon – 1912”
Nurillo To'xtasinov – “So'g'diyona”

Hujumchilar:
Islom Kenjaboev – “Nasaf”
Andrey Sidorov – “Qizilqum”
Azizbek Amonov – “Lokomotiv”

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика