O'zbekiston OTJ dekabr oyida 7ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
12 okt 2015 10:29
Yangiliklar
O'zbekiston OTJ dekabr oyida 7ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
Viktor Jalilov boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi dekabr oyida Dubayda yig'in o'tkazadi.
Malumotlarga ko'ra, ushbu yig'in doirasida olimpiya terma jamoamiz 7ta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Raqiblar orasida Yaponiya, Avstraliya va Qatar olimpiya terma jamoalari bor. Barcha raqiblar nomi yaqin orada malum bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston OTJ yanvar oyida Qatarda bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi U23 Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Guruhimizda Janubiy Koreya, Iroq va Yaman jamoalari bor. Ushbu Osiyo chempionatida sovrindor bo'lgan uch jamoa 2016 yil Rio De Janeyroda bo'lib o'tadigan Olimpiadaga yo'llanma oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
Андижон вилояти ҳокими: "Андижон” бу йили энг камида учталикка киради"
Fikrlar