O'zbekiston OTJ bugun Toshkentga qaytib keladi
28 dek 2015 11:35
Yangiliklar


O'zbekiston OTJ bugun Toshkentga qaytib keladi
Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Dubaydagi yig'inni yakunladi.
Olimpiya terma jamoamiz 19 dekabrdan 28 dekabrgacha Dubayda yig'in olib bordi. Bu yig'in doirasida dastlab KXDR olimpiya terma jamoasi 4:2 hisobida taslim qilindi. 23 dekabrda bo'lib o'tgan Suriyaga qarshi bahsda 0:1 hisobida imkoniyat boy berilgan bo'lsa, so'nggi o'rtoqlik uchrashuvida Qatar olimpiyachilari mag'lub etildi - 2:0.
Bugun jamoa delegaciyasi Dubay-Toshkent yo'nalishi bo'yicha uchishadi va Toshkent vaqti bilan 18:00da yurtimizga etib kelishadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yanvar oyida Qatar poytaxti Doxa shahrida bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi U-23 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Ushbu qita chempionatida vakillarimiz guruhda Janubiy Koreya, Iroq va Yaman bilan o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar